Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Vadim Abramov: “Maqsad bitta – farg‘onalik muxlislarni stadionga qaytarish”

Vadim Abramov: “Maqsad bitta – farg‘onalik muxlislarni stadionga qaytarish”

Baho:
+2 | -

Kecha Farg‘onaning “Neftchi” jamoasini rasman o‘z murabbiyligiga olgan Vadim Abramovning Farg‘onadagi faoliyati boshlandi.  Tajribali mutaxassis va jamoa o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng Vadim Karlenovich klub rasmiy sayti uchun o‘zining ilk intervyusini berib o‘tdi.

– Dastavval, klub raisi Tohir Kapadze meni Namangandagi “Navbahor” – “Neftchi” bahsini ko‘rishim uchun taklif qildi. Boshqa rejalarim borligiga qaramay, Namanganga bordim. Bahsda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Neftchi” keyingi bosqichga chiqqach, bosh murabbiylik taklifini qabul qilishga rozi bo‘ldim. Aslida, “Neftchi” klubida 1991-yildan boshlab faoliyat olib borganman.  Bu vaqtda klub tizimida Yuriy Sarkisyan va Lev Vaxtinlar ishlashardi. O‘sha davrlarni “Neftchi”ning eng yorqin davrlari sifatida eslayman.

Yangi bosh murabbiy klubda ish boshlaganda albatta jamoadagi kamchiliklarga e’tibor qaratadi. Har bir mutaxassisni futbol borasidagi o‘z qarashlari mavjud bo‘ladi. Ayni paytda bor diqqat- e’tiborimiz birinchi davra so‘nggiga qadar bo‘lib o‘tadigan bahslarga qaratilgan. Birinchi galdagi maqsad mazkur bellashuvlarda maksimal natijani qayd etib, imkon darajada turnir jadvalida yuqorilash hisoblanadi. Tarkibdagi o‘zgarishlar davralar oralig‘ida sodir bo‘ladi. Seleksiyaga aynan shu vaqtda e’tibor qaratamiz. Biroq hozirgi paytda yaxshi saviyadagi futbolchilarni topish oson emasligi uchun maxalliy futbolchilarga ham e’tibor qaratamiz. O‘ylashimcha, Farg‘onada iqtidorli futbolchilar ko‘plab topiladi. 10 iyun kuni “Sementchi”ga qarshi nazorat bahsi o‘tkazishni reja qilib turibmiz.

“Neftchi”ning Namangandagi bahsini ko‘rib shunday xulosaga keldimki, bu raqobatda har ikki klub ham teng o‘yin ko‘rsatdi. “Neftchi” jamoasining o‘yinida kamchiliklar yo‘q emas. Meni yana ikki jihat havotirga solmoqda: jamoaning turnir jadvalida egallab turgan o‘rni va shu vaqtga qadar kiritgan gollar sonining kamligidir. Bu esa hujum chizig‘i ustida jiddiy ishlashimiz kerakligidan dalolat bermoqda. Muxlislar doim g‘alaba istaydi. Mag‘lub bo‘lib turgan jamoa o‘yiniga muxlislarning kelmasligi tabiiy hol deb o‘ylayman.

Mas’uliyatni  his etib turibman. Hozir kamroq gapirib, ko‘proq mehnat qiladigan vaqtda turibmiz. Muxlislarga katta va’dalarni berib, uning ustidan chiqmasak, yaxshi holat bo‘lmaydi. Jamoaga yordam berish uchun keldim. Ochig‘i, men sehrgar emasman. Ish jarayonida tarkibdagi futbolchilar bilan tezroq yaqindan tanishib,  oldinga qadam tashlashimiz zarur.  Men futbolchilarni kerak bo‘lsa qaytadan kashf etib, yuqori imkoniyatlarini ishga solishda qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Biroq ko‘p narsa futbolchilarning o‘zlariga bog‘liq ekanligini ta’kidlab o‘tmoqchiman. Futbolchining sportdagi umri uzoq emas. Shunday ekan bu qisqa davrdagi imkoniyatdan zavqlanib – foydalanib, muxlislarni xursand qilish kerak. Maqsad bitta – farg‘onalik muxlislarni stadionga qaytarish, – dedi Abramov

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 17:14, 06.06.2017.
O'qildi: 5262 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.