Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Tailand terma jamoasi sardori: «O‘zbekistonga qarshi sifatli o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazamiz»

Tailand terma jamoasi sardori: «O‘zbekistonga qarshi sifatli o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazamiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Toshkentda Tailandga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Tailandliklar bosh murabbiyi Milovan Rayevas yurtimizga 22 nafar futbolchi bilan tashrif buyurgan. Serbiyalik mutaxassis OCHLning nimchorak finalida ishtirok etgan "Muangtong Yunayted" klubining 9 nafar futbolchisi xizmatidan foydalanmaslikka qaror qildi.

Tailand futbol assosiasiyasi prezidenti Somiot Popumunmuan terma jamoaning navbatdagi o‘yinlarida ijobiy natijalar kutishini ta’kidlab o‘tdi.

"Umid qilaman, barcha futbolchilar Rayevasdan ko‘p narsa o‘rganishadi hamda O‘zbekiston va BAAga qarshi o‘yinlarda ijobiy natija qayd etishadi", — dedi Tailand futboli rahbari.

Bangkokpost.com sayti xabar tarqatishicha, Rayevas Tailand terma jamoasining o‘yin uslubini o‘zgartirishga harakat qilmoqda. U asosiy e’tiborni to‘pni nazorat qilishga va qarshi hujumdan samarali foydalanishga qaratmoqda.

"Jangchi fillar" (Tailand terma jamoasi laqabi) darvozaboni va sardori Sintavichay Xatayrattanakul o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi: "Bizda yangi murabbiy va yangi murabbiylar shtabi ish boshladi. Shu bois, barchasini yangidan boshlashimiz lozim. Biz yangidan o‘rganishni boshlashimiz kerak. Jamoa sardori va darvozabon sifatida har qanday raqibga qarshi o‘yinda bor kuchimni berib harakat qilishim lozim. O‘zbekistonga qarshi sifatli o‘rtoqlik o‘yini bo‘ladi. Biz O‘zbekiston kabi kuchli jamoaga qarshi o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lamiz".

Manba: bangkokpost.com
Kiritildi: 17:02, 06.06.2017.
O'qildi: 4126 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.