«Real» Chempionlar ligasidagi ilk uchrashuvini «Inter»ga qarshi o‘tkazadi, ammo jamoa uchta muhim futbolchisidan foydalana olmaydi. Arda Gyuler, Eduardu Kamavinga va Bernardu Silva diskvalifikasiya sabab mazkur bahsni o‘tkazib yuboradi.
Uchala futbolchining jazosi ham turnirining o‘tgan mavsumidagi intizomiy holatlardan qolgan. UYEFA har mavsum yakunlangach to‘plangan sariq kartochkalarni bekor qiladi, ammo qizil kartochka natijasidagi diskvalifikasiya keyingi mavsumga ham o‘tadi.
Arda Gyuler va Eduardu Kamavinga «Real»ning «Bavariya»ga qarshi chorak final bahsida ikkinchi sariq kartochkadan so‘ng maydondan chetlatilgan edi. Shu sabab har ikki futbolchi bir o‘yinlik diskvalifikasiyani o‘tashi kerak.
Bernardu Silva esa hali «Manchester Siti» safida to‘p tepayotgan vaqtda Chempionlar ligasi 1/8 finalining «Real»ga qarshi javob uchrashuvida golni qo‘l bilan to‘sgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgan.
Agar UYEFA istisno tariqasida jazoni bekor qilmasa, Joze Mourinyu 8 sentyabr kuni «Santyago Bernabeu»da o‘tadigan «Inter»ga qarshi muhim uchrashuvda ushbu uch futbolchidan foydalana olmaydi.













