«Barselona» yarimhimoyachisi Arda Turon Turkiya terma jamoasi safidan chetlatildi.
Turkiya matbuotining xabariga ko‘ra, Makedoniya (0:0) terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan qaytib kelishda, 30 yoshli futbolchi samolyotda jurnalist bilan janjallashib qolgan va mushtlashgan.
Turon jurnalistning Yevro-2016 musobaqasidan so‘ng, terma jamoa futbolchilari orasida mukofot pullarining taqsimoti bo‘yicha kelishmovchilik yuzaga kelgani haqida yozgan maqoladan norozi bo‘lgan.