Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Arsen Vengerning ketishi uchun qulay payt keldi

Arsen Vengerning ketishi uchun qulay payt keldi

Baho:
+ | -

«Arsenal» ko‘chasida bayram, lekin muxlislari mavsumdan qoniqish hosil qilishmadi. Bu yana qancha davom etadi? Navbatdagi chempionatda ham barqarorlikning yo‘qolishi, jarohatlar, alamli mag‘lubiyatlar kuzatilmasmikan? Arsen Venger bahor faslini tanqidlar girdobida o‘tkazdi, Angliya kubogini qo‘lga kiritgach esa, qahramonga aylandi.

Jamoa «Emireyts»da «Bavariya» tomonidan tor-mor etildi, Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi qo‘lga kiritilmadi, klub yetakchisi Aleksis Sanches esa butunlay jazavada. Bu kabi tartibsizliklardan so‘ng, odatda, murabbiy iste’foga chiqariladi va hammani tinchlantirishni uddalaydigan mutaxassis olib kelinadi. Shu tariqa qayta tiklanish jarayoni boshlanadi. Ko‘rinishidan, bu yagona yo‘lga o‘xshaydi, lekin muammolar payti navbatdagi sovrin qo‘lga kiritilsa-chi?

Fransuzga qarshi chiquvchilar jamoaning uch himoyachi taktikasiga o‘tganidan keyin jim bo‘lib qolishdi. Bu holat uzoq davom etmadi-yu, lekin oxiri qiziq bo‘ldi. Afsuski, «Arsenal» avvalgi yillardan farq­li o‘laroq, bu safar kuchli to‘rtlikdan chetda qoldi. Ammo so‘nggi pallada chempionni kuboksiz qoldirdi. Bir hafta muqaddam bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanidan keyin hammaning umidi so‘na boshladi. «Biz 90 foiz futbolchilarimizni saqlab qolishga urinamiz va bir-ikkita chiziqlarni kuchaytiramiz», - deb tinchlantirishga urindi murabbiy. Shunda Vengerga qarshilar yana e’tiroz bannerlarini qidirishga tushishdi.

Tarkibining 10 foizini saqlab qola olmaydigan jamoadan ketishga asosiy da’vogar sifatida Aleksis Sanches, Mesut Ozil va Ektor Belyerin ko‘rsatilmoqda. Zero, aynan shu uch futbolchi top-klublar «nishon»iga aylanishgan. Hattoki, ikki nafarining shartnomasi tugashiga bir yil qolgan.

Ularning o‘rnini bosa oladigan futbolchilar kelishi murakkab masala. Aleks Oksleyd-CHemberlen va Granit Jaka yetakchi bo‘lishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Bir qarashda, ko‘zida ishtiyoq porlab turgan yigitlarga ishonging keladi, lekin bu kabi va’dalar avval ham berilgan va ular aslo yoddan chiqmaydi.

Venger «to‘pchilar» ishqibozlari ko‘z o‘ngida romantikka aylanib qolgan, go‘yo. U butun dunyoga qarshi chiqayotgandek: qimmatbaho xaridlar uchun millionlar sarflamaydi, mavsum oxirigacha yoshlarga ishonch bildiradi. Boshqachasiga ish ko‘rishni xayoliga ham keltirmaydi. Fransuz xohlagan taqdirda ham pullarni o‘zi istagandek ishlata olmasdi. Rahbariyat shunchaki, transferlar uchun katta mablag‘ ajratmaydi va bu ishni hamkorlar bajarishini istaydi. Yaqindagina «Arsenal»ning 67 foiz aksiyasi egasi Sten Kronke klubdagi ulushini Alisher Usmonovga sotishdan bosh tortdi. Amerikalikning aytishicha, klub hali ham stadion qurilishidan ko‘rilgan zararni qoplamagan. Kronkening yagona talabi: foyda zarardan ko‘p bo‘lishi kerak.

Ha, «Arsenal»ga muxlislik qilish qiyin, chunki bu klub ishqibozi kimni ayblashni ham bilmaydi: murabbiymi, o‘yinchilarmi yoki rahbariyat? Zamonaviy futbol muxlisi nuqtai nazaridan qaraganda, Kronkening siyosati bema’nilik, lekin bu sovuqqon ishbilarmon uchun eng aqlli va tavakkaldan yiroq variant hisoblanadi. Alisher Usmonov yirik miqdordagi mablag‘ni transferlarga sarflash orzusida, shu tariqa klub shar kabi shishadi. Bu kabi pufakning yorilish ehtimoli esa juda katta.

Shunday ekan, transfer borasidagi savolni boshqa manzilga yo‘llash kerak bo‘ladi. Bu kabi vaziyatda ishni ijobiy tomonga o‘zgartira oladigan murabbiyni topish qiyin. Yangi sxemada ayrim futbolchilar yangicha o‘yin namoyish eta boshlashadi va bu guruh murabbiy ortida tog‘day turib beradi. Fransiyalik mutaxassis esa, o‘z navbatida, ushbu o‘yinchilarning yangi mavsumda o‘sishlari uchun nima kerakligini yaxshi biladi.

Ammo xuddi shu kabi umidlar o‘tgan mavsum yakunida ham mavjud edi. O‘shanda klub ikkincha o‘ringa «sakrash» namoyish etib, Shimoliy Londondagi raqiblaridan o‘zib ketgandi. Klub hozir ham yangi mavsumni omadli boshlash uchun ko‘proq sabablarga ega: yangi sxema barqarorlik olib keldi, ayrim futbolchilar o‘zlarini ko‘rsata boshlashdi, Yevropa Ligasidagi imkoniyatlar Chempionlar Ligasidagidan balandroq. Lekin qarshi omillar ham talaygina: yetakchilarning klubni tark etishi, transfer bozoridagi tejamkorlik, klubning bir xillikka urg‘u berishi. Har mavsum takrorlanadigan bu syujet ancha mustahkam tushunchaga aylangan.

Vaholanki, «Arsenal» mavsumning ikkinchi pallasida kuzatilgan omadsizliklardan so‘ng yakunni ko‘ngildagidek o‘tkazdi, asosiy muammolaridan qutuldi: himoyadagi zaiflik, qanotlardagi beqarorlik, tayanch hududidagi katta bo‘shliqlar yo‘qoldi. Arsen Venger kuchli mutaxassis maqomini qaytardi va qulay payt topib, avvalgi yutuqlarini eslatib o‘tdi: «Faoliyatim davomida yetti marta Angliya kubogini qo‘lga kiritganimdan xursandman. Klubning kelajagi haqida to‘xtalsam, rahbariyat bilan uchrashuv belgilangan, tez orada hammasi ayon bo‘ladi».

Aftidan, ketish uchun eng qulay palla. Bunday imkoniyat ikkinchi marta bo‘lmasligi mumkin. Uzoq muddatli faoliyatdan so‘ng ajoyib yakun. Venger qadrdon jamoasini tark etadi va vorisiga barqaror o‘yin sxemasi va ko‘zlari yonib turgan futbolchilarni qoldiradi. Muxlislar esa uni g‘olib sifatida eslab yurishadi. Arsen bilan jamoa yana avvalgi saviyasini tiklashi amri mahol, yomonlashishi esa oson. Shunday ekan, qaror qabul qilishning ayni payti.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:25, 07.06.2017.
O'qildi: 6484 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.