Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Shota Arveladze "Paxtakor"da qancha maosh oladi?

Shota Arveladze "Paxtakor"da qancha maosh oladi?

Baho:
+1 | -

Aprel oyida Toshkentning “Paxtakor” jamoasi aksiyalarini milliarder Alisher Usmonov sotib olgani haqida xabar tarqalgandi.

Biroq keyinchalik bu xabar “Paxtakor” rahbariyati tomonidan inkor etilgandi. Ammo jamoada so‘nggi oylarda bo‘layotgan yangiliklar klub hissadorlari orasida yangi figuralarning paydo bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Toshkentdagi “Paxtakor” stadioni qayta ta’mirlanishi, to‘la futbolga moslanishi haqidagi xabar ortidan Shota Arveladzening klub bilan ikki yillik shartnoma imzolagani e’lon qilindi. “Paxtakor” jamoasidan Samvel Babayanning ketishining o‘zi katta yangilik va bu holat rahbariyatdagi o‘zgarishlarning yaqqol isboti bo‘la oladi. Shotaning kelishi esa O‘zbek futboliga katta sarmoya kirganini ko‘rsatmoqda. Chunki: 2015 yil yozida Turkiyaning “Trabzonspor” klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan Shota Arveladzening yillik maoshi 1 million 200 ming yevro etib belgilangandi. O‘tgan yilning yozida esa Isroilning “Makkabi” (Tel-Aviv) jamoasi bilan shartnomaga imzo chekkan Shota bir yilga 800 ming yevro olishi e’lon qilingandi. Endi, o‘ylab ko‘raylik, bizdan ancha kuchli ligalardan talab yetarli bo‘lgan va “Paxtakor”dan ancha kuchli klublarda yiliga eng kamida 1 million dollardan shartnoma imzolagan Shota undan kamiga O‘zbekistonga keladimi? Ortidan navbatdagi savol tug‘iladi: Yiliga murabbiyga shuncha to‘lagan “Paxtakor” mavjud futbolchilari bilan undan natija talab qila oladimi? Demak, navbatda yirik transferlar! Bu ham o‘z navbatida navbatdagi millionlab dollarlarni tashkil etadi. Xo‘sh, bu xarajatlarni amalga oshirayotgan Alisher Usmonovmi? Agar Usmonov bo‘lmasa, o‘zbek futboliga bunday katta sarmoya kiritayotgan kim? “Paxtakor” buni qachon ochiqlab beradi? Futbolimizga biroz oydinlik kiritish davri kelgani ayon bo‘lib qoldi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:25, 08.06.2017.
O'qildi: 20988 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик