«Liverpul» afsonasi Stiven Jerrard portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo u bilan jiddiy qiziqqani haqida gapirdi.
«Mourinyo meni sotib olishga 5-6 marta urinib ko‘rgan. Ikki marta «Chelsi»ga, shuningdek «Inter» va «Real»ga chaqirgan. Uning gapiga kirsam, bu klublarda o‘ynardim. Biroq «Liverpul»ni hech qachon tark etmagan bo‘lardim» - dedi Jerrard Manchester Evening News xabarida.