Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Iyun oyida «Dinamo»ni qanday o‘yinlar kutmoqda?

Iyun oyida «Dinamo»ni qanday o‘yinlar kutmoqda?

Baho:
+ | -

Oliy Liga birinchi davrasiga yakun yasab beradigan iyun oyida «Dinamo» jamoasini bir qator muhim bahslar kutib turibdi.

Jumladan, milliy terma jamoamizning Erondagi o‘yinidan ikki kun o‘tib, 14 iyun kuni Samarqand jamoasi 13-tur doirasida Farg‘onada «Neftchi» klubi mehmoni bo‘ladi. Yangi murabbiy Vadim Abramov qo‘l ostida jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan «Neftchi» jamoasiga qarshi bahs har ikki tomon uchun ham ancha qiyin o‘tishi hozirdan ma’lum.

Oradan 6 kun o‘tib, «Dinamo» ketma-ket ikkinchi safar uchrashuvini Toshkentda amaldagi chempion «Lokomotiv»ga qarshi o‘tkazadi.

25 iyun kuni esa birinchi davraning so‘nggi tur o‘yinida Muborakning «Mash’al» jamoasi Samarqandda mehmon bo‘ladi.

E’tiborlisi, kubok bahsi bilan hisoblaganda «Dinamo» «Mash’al»ga qarshi 10 kun ichida 3 ta uchrashuv o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi. Chunki, jamoa chorak final doirasida ham 30 iyun va 4 iyul kunlari «Mash’al»ga qarshi saf tortadi.

«Dinamo»ning iyun oyidagi o‘yinlari:

Oliy Liga. 13-tur.

14 iyun (chorshanba)

«NEFTCHI» - «DINAMO»

Farg‘ona. «Istiqlol» stadioni.

Oliy Liga. 14-tur.

20 iyun (seshanba)

«LOKOMOTIV» - «DINAMO»

Toshkent. «Lokomotiv» stadioni.

Oliy Liga. 15-tur.

25 iyun (yakshanba)

«DINAMO» - «MASH’AL»

Samarqand. «Dinamo» stadioni.

O‘zbekiston Kubogi. 1/4 final.

Dastlabki o‘yin. 30 iyun (juma)

«DINAMO» - «MASH’AL»

Javob uchrashuvi: 4 iyul (seshanba)

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 11:52, 08.06.2017.
O'qildi: 3972 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.