Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

"Navbahor"ning 143ta durangi haqida batafsil

"Navbahor"ning 143ta durangi haqida batafsil

Baho:
+ | -

27 may kuni o‘z uyida «Bunyodkor»ni qabul qilgan «Navbahor» klubi o‘z tarixida milliy chempionatimiz doirasida 143-durangini qayd etdi.

Namangan klubi durang qayd etish bo‘yicha oliy ligamizda yaqqol rekordchidir. Undan keyingi o‘rinlarda «Andijon» (134ta) va «Paxtakor» (121ta) kelmoqda. Oliy liga tarixida 100 tadan ortiq bahsda durang o‘ynagan jamoalar soni 10ta, xolos. «Chilonzor» va «Vobkent» esa atigi 6tadan bahsda durang o‘ynashgan, xolos. Toshkent va Namangan shahri jamoasi joriy mavsumda (2017) o‘zlarining 50 foiz o‘yinlarida durang qayd etishdi (6 tadan). 143 ta durang 31 ta klub bilan bahslarda qayd etilgan. Umuman olganda, ushbu jamoa oliy ligada 752 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, 357 ta g‘alaba, 143 durang, 252 mag‘lubiyat qayd etgan. To‘plar nisbati: 1289-925. Ushbu klubning duranglari jami o‘yinlarga nisbatan 19,01 foizni tashkil etadi.

Klubga 1974 yilda asos solingan bo‘lib, 1988 yildan buyon «Navbahor» nomi bilan ataladi. Oliy liga tarixida muntazam ishtirok etib keladigan 3 jamoaning («Paxtakor» va «Neftchi» bilan birga) biridir. 1996 yili mamlakat chempioni bo‘lgan. Ushbu klub so‘nggi marta 2004 yilda chempionat sovrindori (3-o‘rin) bo‘lgan. O‘tgan yili turnir jadvalida 15-o‘ringa tushib ketib, «o‘tish o‘yini»da qatnashishiga to‘g‘ri keldi.

Namangan klubi oliy ligada ko‘proq «Neftchi» va «Andijon» bilan kuchlari teng kelgan -13 martadan. Bundan tashqari, ketma-ket uzluksiz 5 mavsum MHSK (1993-1996 yillar, 6 ta o‘yin) va «Qizilqum» (2008-2012 yillar, 7 o‘yin) klublari bilan durang o‘ynagan. Bu «Navbahor»ning eng uzun seriyasidir. Bundan tashqari, «Dinamo» bilan 2011-14 yillarda, ya’ni 4 mavsum durang o‘ynaganini ham eslatib o‘tish o‘rinli. 2008 yilgi mavsum davomida jamoa 11 ta durang o‘ynagan bo‘lsa, 2001 yilda atigi 1 ta durang qayd etilgan. 1-davra yakuniga ko‘ra eng ko‘p durang (6ta) joriy mavsumda qayd etildi. Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 1-davrasi yakunlanishiga yana 3 ta tur bor va «Navbahor» so‘nggi 4 turda faqat durang o‘ynayapti.

Manba: lochinlar.uz
Kiritildi: 11:24, 09.06.2017.
O'qildi: 3220 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик