«Hoffenhaym» rahbariyati bosh murabbiy Yulian Nagelsmann bilan hamkorlikni uzaytirdi.
Yangi shartnomaga ko‘ra, 29 yoshli mutaxassis 2021 yilgacha jamoani boshqaradigan bo‘ldi.
«Hamkorlikning uzaytirilishi barqarorligimizning isbotidir. Bo‘lajak chorlovlarga xursandman» - dedi Nagelsmann bu haqda.
Germaniya chempionatining o‘tgan mavsumida «Hoffenhaym» 4-o‘rinni egalladi va Chempionlar ligasi saralash bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.