Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Ketma-ket to‘qqiz raqibini nokaut qilgan Shohjahon Ergashev bugun o‘ninchi jangda ringga chiqadi

Ketma-ket to‘qqiz raqibini nokaut qilgan Shohjahon Ergashev bugun o‘ninchi jangda ringga chiqadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev bugun — 10 iyun kuni professional boksdagi o‘ninchi jangida ringga chiqadi.

Uning raqibi tojikistonlik Sunatillo Rahmatullayev bo‘ladi. Kecha bo‘lib o‘tgan vazn o‘lchash marosimida Shohjahonning 66,8 kilogramm tosh bosishi aniq bo‘ldi. Tojikistonlik bokschining vazni esa 65,7 kilogramm. Ular bugun olti raund jang qilishi belgilab qo‘yilgan.

«Prospekt» deb nom olgan boks kechasida o‘zbekistonlik sportchining jangi asosiy jang maqomida bo‘ladi. Ungacha yana beshta jang o‘tishi rejalashtirilgan. To‘qnashuvlar Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.

Kecha — 9 iyun kuni Shohjahon Ergashev o‘zining Facebook sahifasiga quyidagicha post yozib qoldirdi:

«Assalomu alaykum! Jangimga oz vaqt qoldi. Qo‘llab-quvvatlab turganingiz uchun katta rahmat! Sizlarni bu jangimga ham taklif qilaman. Duo qilib turing, vatandoshlar!»

Avvalroq o‘zbekistonlik bokschi chempionlik kamari uchun amerikalik sportchiga qarshi ringga chiqishi aytilgan bo‘lib, jangga bir hafta qolganida Ergashev qo‘lini jarohatlab olgandi. Shunga qaramay, u bitta qo‘lda jang qilishga qaror qildi. Oradan ko‘p o‘tmay, uning raqibi o‘zgardi. Bugungi jang chempionlik kamari uchun emas, balki reyting jangi sifatida tarixga kiradi.

Shohjahon Ergashev bunga qadar professional ringda 9 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning hammasida raqiblarini muddatidan avval taslim qilishga muvaffaq bo‘lgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:19, 10.06.2017.
O'qildi: 6999 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик