Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Klublar ichida eng qimmatbahosi - «Manchester Yunayted»mi?

Klublar ichida eng qimmatbahosi - «Manchester Yunayted»mi?

Baho:
+ | -

Biznes-konsalting kompaniyalari xalqaro tarmog‘i - KPMG an’anaviy izlanish-tahlillari natijasini e’lon qildi. Aniqroq aytsak, Yevropadagi yetakchi futbol klublari narxi asosida tuzilgan reytingni. Bu safargi tahlilda 2017 yilning 1 yanvar holatigacha bo‘lgan ma’lumotlar inobatga olingan. Demakki, klublarning oxirgi mavsumdagi yutuqlariga e’tibor qaratilmagan.

Klub narxi «moliyaviy multiplikator daromad» usuli asosida chiqarilgan. Bunda tashkilot bahosi mahsulotlar sotuvi yoki xizmat ko‘rsatishdan tushadigan daromadga qarab belgilanadi. Ro‘yxatga «ko‘hna qit’a»ning eng qimmatbaho 32ta klubi kiritilgan. Ularning umumiy narxi 29,9 milliard yevroga teng. Bu summa bir yil avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 14 foiz ko‘pdir. Shunday ekan, futbol bozorida sezilarli o‘sish qayd etilgan.

Reytingni «Manchester Yunayted» boshqarib boryapti. Aytish joiz, u narx masalasida 3 milliard yevrolik dovondan oshgan birinchi klub bo‘ldi. Yevropa Chempionlar Ligasi-2016|2017 finalida o‘ynagan «Real»  (2,9 milliard yevro) va «Yuventus»  (1,2 milliard yevro) tegishlicha 2-3-qatorlardan joy oldi.

Diqqatni tortadigan tomoni, eng qimmatbaholar reytingining yuqori o‘ntaligida Angliyadan naq 6ta jamoa bor. Chunonchi, «Tottenxem»  Fransiyaning yagona vakili - «PSJ»ni top-10dan chiqarib yubordi. Shuning barobarida yana bir qiziqarli o‘zgarish shuki, «Manchester Siti» reytingda «Arsenal»dan o‘zib ketdi.

Avvalgi mavsum Angliya premyer-ligasida katta shov-shuv ko‘tarib, chempionlikka erishgan «Lester» esa nafaqat 32ta eng qimmatbaho jamoa orasiga qo‘shildi, balki darhol 16-o‘ringa ko‘tarildi. Shuningdek, «Atletik» (Ispaniya) va «Beshiktosh» (Turkiya) klublari ham ilk marta elit reytingga kirdi.

32ta mega-klub faqat Yevropaning kuchli 5ta ligasi (Angliya, Germaniya, Ispaniya, Italiya va Fransiya)dangina tanlab olinmagan. Chunonchi,  «Beshiktosh»dan tashqari, «Galatasaroy», «Fenerbaxche» (Turkiya), «Benfika» (Portugaliya), «Ayaks» va PSV (Gollandiya) jamoalari ham narxi balandlar orasiga suquldi.

Ha, reytingda Angliya klublari chinakamiga yetakchi maqomida. Ammo faqat Ispaniyada bahosi 2 milliard yevrodan baland 2ta jamoa bor - «Real» va «Barselona». Qolaversa, «Atletiko»ning narxi birdaniga 34 foiz oshdi. «Sevilya» bahosiga bog‘liq o‘sish bundan ham baland - 44 foiz.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:50, 11.06.2017.
O'qildi: 6655 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.