Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Viktor Jalilov: Eronni avval ham o‘z maydonida mag‘lub etganmiz

Viktor Jalilov: Eronni avval ham o‘z maydonida mag‘lub etganmiz

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi ertaga, 12 iyun kuni JCH–2018 saralash bosqichi 8-turida Eron futbolchilariga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuvdan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida Viktor Jalilov va Murod Xolmuhammedov qatnashib, bo‘lajak o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“So‘nggi saralash bosqichi oxiriga yetay deb qoldi va bizni oldinda juda muhim o‘yinlar kutib turibdi. Guruhdagi vaziyatga e’tibor qatarsak, hali hech narsa hal bo‘lmaganini ko‘rishimiz mumkin. Jamoalar ikkitadan ortiq to‘p farqi bilan g‘alaba qozonmagan va bu raqobat kuchli ekanidan dalolatdir. Guruhda har bir jamoa o‘z oldiga aniq bir maqsadni qo‘ygan.

Guruhimizda asosiy kurash Eron, Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasida kechmoqda, ammo Suriya, Xitoy va Qatar yaxshi o‘yin ko‘rsatib, yuqori pog‘onada turgan jamoalarga muammolar tug‘dirmoqda. Bo‘lajak o‘yinlarda aynan jadvalning quyi qismidagi jamoalar yuqoridagi ikki o‘rin uchun kurashayotganlarga muammo keltirishi mumkin.

“2012 yilda Eronni o‘z maydonida mag‘lub qilganmiz, demak, har qanday jamoani mag‘lubiyatga uchratish mumkin. To‘g‘ri, Eron so‘nggi saralash bosqichida hali gol o‘tkazmadi, lekin bu futbol va unda har narsa bo‘lishi mumkin, kutilmagan natijalar qayd etilishi mumkin. Nima uchun biz Eronga gol urmasligimiz kerak. Buni uddalay olamiz deb o‘ylayman”, – dedi Viktor Jalilov.

“Toshkentdagi o‘yinda deyarli tengma-teng o‘yin guvohiga aylangandik. O‘zbekiston g‘alaba uchun maydonga tushgandi, biroq o‘sha o‘yindagi hakamlarning kutilmagan qarori tufayli standart vaziyat belgilangan va davrozamizdan to‘p olib chiqqandik. Eron terma jamoasi va shaxsan Karlush Keyrushga tayyorlab qo‘ygan sovg‘amiz bor. Umid qilamanki, ertaga g‘alaba qozonib, 3 ochko bilan Toshkentga qaytamiz.

Eron tarkibida alohida bir o‘yinchini ajratmagan bo‘lardim. Raqib jamoaviy o‘yin namoyish qilishi orqali yaxshi tanilgan. Faqatgina, Eronning himoya chizig‘i kuchli va tartibli o‘yin ko‘rsatishini ayta olaman”, – dedi Murod Xolmuhammedov.

Eslatib o‘tamiz, Eron – O‘zbekiston uchrashuvi ertaga, 12 iyun kuni Tehron shahridagi “Ozodi” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:45 da boshlanadi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 20:48, 11.06.2017.
O'qildi: 7604 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.