Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa

Karlos Keyrush: «O‘zbekistonga qarshi o‘yin — saralash bosqichidagi bizning eng qiyin o‘yinimiz bo‘ladi»

Karlos Keyrush: «O‘zbekistonga qarshi o‘yin — saralash bosqichidagi bizning eng qiyin o‘yinimiz bo‘ladi»

Baho:
+ | -

Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlos Keyrush O‘zbekistonga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirib, muxlislarni "Ozodiy" stadioniga chorladi.

"O‘zbekiston — kuchli terma jamoa. Muxlislarimiz 12-o‘yinchi bo‘lishini istardim. O‘zimiz istagan rejani amalga oshirish uchun 90 daqiqa davomida konsentrasiyani yo‘qotmasligimiz va yaxshi o‘yin ko‘rsatishimiz kerak. Milliy terma jamoa ham hujumda, ham himoyada yaxshi o‘yin ko‘rsatishi lozim", — dedi Keyrush o‘yin oldi matbuot anjumanida.

"O‘zbekistonga qarshi o‘yinda bizning eng yaxshi o‘yinchimiz — muxlislarimiz. Jamoa ularning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj. Ular bilan birgalikda bizning ishimiz oson bo‘ladi".

"Futbolda mashaqqatli mehnatsiz hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Biz uchun bu o‘yin Jahon chempionati finaliga teng bo‘ladi. Ishonchim komil, dushanba kuni o‘zimizga kerakli natijaga erishamiz".

"Eron hali JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritmadi. Ertangi o‘yindan keyin bu haqda gapirish mumkin. O‘zbekistonda guruhni birinchi yoki ikkinchi o‘rinda yakunlamoqchi. Buni bilamiz. O‘zbekistonga qarshi o‘yin — saralash bosqichidagi bizning eng qiyin o‘yinimiz bo‘ladi", — deya o‘z so‘zini yakunladi Keyrush.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:01, 11.06.2017.
O'qildi: 7172 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик