Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Eron – O‘zbekiston: Eronni dog‘da qoldirishning 5 siri

Eron – O‘zbekiston: Eronni dog‘da qoldirishning 5 siri

Baho:
+1 | -

Bugun jahon chempionatiga yo‘llanma olish yo‘lidagi eng muhim o‘yinimiz bo‘lib o‘tadi. Eronga qarshi o‘yin — hayot-mamot masalasi. Xo‘sh, Eronning nozik jihati bormi? Bu termani qanday yutsa bo‘ladi? Biz uchun qaysi taktika ma’qul?

OLTIN ORALIQNI TOPISHIMIZ SHART

Bilasizmi, eng qaltis tomoni, bu o‘yinda o‘rinli taktika topishimiz biroz mushkulroq. Agar hujumkor taktikaga asoslanadigan bo‘lsak, bugungi Eron bunga yo‘l qo‘ymaydi, qolaversa, qarshi hujumda bizni jazolashi tayin, sababi raqib tarkibida tezkor futbolchilar ko‘p. himoyaga asoslanib harakat qiladigan bo‘lsak, bu ham xavfli. Chunki shundog‘am himoyamizda muammolar yetarlicha, Vitaliy Denisov jarohat tufayli bu o‘yinda qatnashmaydi, uning o‘rnini bosadigan himoyachi esa tarkibda yo‘q. Demak, murabbiylarimiz bugungi o‘yindan oldin oltin oraliqni topa bilishlari shart. Imkon tug‘ilganda hujum uyushtirish va albatta raqibning ham hujumlarini o‘tkazib yubormaslik lozim.

BIR URINISHDA OLDINGA

Himoyachilarimiz raqib hujumini qaytargan zahoti to‘pni shunchaki tepib yubormasdan, yarim himoya chizig‘iga yetkazib berishlari kerak, ya’ni dovdirab qolish yaramaydi. Yarim himoyachilarimiz esa o‘z navbatida vaqtni o‘tkazmasdan hujumchilarni to‘p bilan ta’minlashlari kerak. Hujumchilardan ham bir urinishda vaziyatni hal qilish talab etiladi. Xullas, imkoni boricha qisqa vaqt ichida tezkorlik bilan harakat qilsak, raqib futbolchilari dovdirab qolishlari mumkin. Karlos Keyrush boshchiligidagi mutaxassislar, albatta, terma jamoamiz ishtirokidagi o‘yinlarni kuzatishgan. Demakki, ular bugun bizdan ehtiyotkor o‘yin kutishmoqda. Shu bois yuqoridagi taktika raqib uchun kutilmagan syurpriz bo‘lardi. Umid qilamizki, murabbiylarimiz futbolchilarimizni ana shunday tezkorlikka o‘rgatishgan.

TEZKOR PRESSING

Eronni to‘xtatib qolishning yana bir siri bu tezkor pressingdir. Vakillarimiz har bir eronlik futbolchini tinimsiz ta’qib qilishsa, eronliklarga erkin harakat qilish imkonini berishmasa, raqibning rejalari puchga chiqadi. Bu to‘psiz harakat qilish deyiladi, ya’ni terma jamoamiz a’zolari to‘psiz qolganda ham shunchaki vaqt o‘tkazmasdan birorta vazifani bajarishlari, raqib futbolchisini ko‘zdan qochirmasliklari lozim. Pressing esa o‘z navbatida raqibni xato qilishga majbur etadi, bu esa qo‘shimcha imkoniyat degani.

TEZKOR VA ANIQ PASLAR

Davomi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:02, 12.06.2017.
O'qildi: 12228 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик