Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

“Sevinch” “Buxoro W” darvozasiga javobsiz o‘n uchta to‘p yo‘lladi

“Sevinch” “Buxoro W” darvozasiga javobsiz o‘n uchta to‘p yo‘lladi

Baho:
+ | -

Bugun XXIII O‘zbekiston chempionatining 9-tur uchrashuvida “Sevinch” Buxoroning “Buxoro W” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv qiziqarli va kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Tajriba borasida raqibiga nisbatan ancha ustun bo‘lgan jamoamiz, dastlabki 9 daqiqada “Buxoro W” darvozasiga 4ta gol kiritdi.
Birinchi bo‘lim 7:0 hisobida jamoamiz ustunligida yakunlandi. Ushbu gollarni Ilvina Ablyakimova, Nilufar Qudratova, Maftuna Shoyimova, Malika Burxanova, Kamola Riskiyeva, Shaxnoza Qurbanovalar kiritishdi.
Ikkinchi bo‘lim ham gollarga boy bo‘ldi. Navbatdagi bo‘limda ham to‘liq ustunlik qilgan futbolchilarimiz, raqib darvozasiga yana javobsiz 6ta to‘p kiritishdi. Ikkinchi bo‘limdagi gollarni Shaxzoda Jamolova, Feruza Boboxo‘jayeva va Gulzoda Amirovalar kiritishdi.
Bugungi uchrashuvda Nilufar Qudratova xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Malika Burxanova va Gulzoda Amirovalar dubl muallifi bo‘lishdi.
Shunday qilib, jamoamiz bu turda “Buxoro W” jamoasini 13:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. “Sevinch” o‘tgan 9-turda ham “Mash’al W” ustidan xuddi shu hisobda g‘alaba qozongan edi.
“Sevinch” bu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 18taga yetkazib oldi va turnir jadvalining 2-pog‘onasini band etib turibdi.
Jamoamiz keyingi 10-tur uchrashuvini 20 iyun kuni safarda Farg‘onaning “Neftchi W” jamoasi bilan o‘tkazadi.


XXIII O‘zbekiston chempionati, 9-tur
“Sevinch” (Qarshi) – “Buxoro W” (Buxoro) 13:0 (7:0)
12.06.2017. “Geolog” stadioni. 18:00da
Bosh hakam: Davronbek Akmalov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Kristina Sereda (Buxoro), Zilola Rahmatova (Qarshi)
Zaxira hakami: Husnora Jumayeva (Qarshi)
Nazoratchi: Iyub Isayev (Toshkent)
O‘zAFA vakili: Alisher Fayziyev.
Gollar: Ilvina Ablyakimova, 3′-1:0, Nilufar Qudratova, 6′-2:0, 41′-7:0, 84′-13:0, Maftuna Shoyimova, 8′-3:0, Malika Burxanova, 9′-4:0, 51′-9:0, Kamola Riskiyeva (pen.), 23′-5:0, Shaxnoza Qurbonova, 36′-6:0, Shaxzoda Jamolova, 48′-8:0, Feruza Boboxo‘jayeva, 59′-10:0, Gulzoda Amirova, 65′-11:0, 76′-12:0
“Sevinch”: 16.Maftuna Jonimqulova (1.Laylo Tilavova 46), 7.Oliya Axmedova (19.SHoxida Tojiddinova 5), 8.Kamola Riskiyeva (s), 9.Maftuna Shoyimova, 10.Ilvina Ablyakimova, 11.SHaxzoda Jamolova (23.Maftuna Panjiyeva 62), 15.SHaxnoza Qurbonova (14. Gulzoda Amirova 59), 17.Tanzilya Zarbiyeva (18.SHaxnoza Shakirova 50), 20.Sevara Normurodova (27.SHodiya Tosheva 57), 37.Malika Burxanova (6.Feruza Boboqulova 52), 77.Nilufar Qudratova.
“Buxoro W”: 1.Nozigul G‘iyosova, 3.YUlduz Saidova (26.Munisa Choriyeva 39), 7.Vazira Hayitova, 9.Aziza Norova (s), 10.Zebiniso Mavlanova, 14.Nigina Haydarova (20.Sohibabonu Seytmirova 56, 44.Avezgul Urayeva 79) , 15.Dilafro‘z Toshpo‘latova, 17.Muhayyo Jo‘rayeva, 19.Maftuna Ochilova (4.Marhabo Xayrullayeva 86), 70.Sabina Jumayeva (18.Dilnoza Niyozova 89), 84.Nilufar Umarova.
Zaxira: 87.Dilnoza Niyozova.
Ogohlantirish: Zebiniso Mavlanova 38.

Manba: pfcsevinch.uz
Kiritildi: 21:50, 12.06.2017.
O'qildi: 3896 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.