Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Amirjon Safarov: «Tezkor gol «Dinamo» foydasiga ishladi»

Amirjon Safarov: «Tezkor gol «Dinamo» foydasiga ishladi»

Baho:
+ | -

«Neftchi» - «Dinamo» (2:3) uchrashuvida mavsumdagi to‘rtinchi golini kiritgan Amirjon Safarov «Dinamo»ning g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi. O‘yindan keyin uning fikrlari bilan qiziqdik.

«Farg‘onadagi o‘yinda «Neftchi» yangi murabbiy qo‘l ostida to‘p surishi ma’lum bo‘lsada, biz Samarqandga g‘alaba bilan qaytish uchun bor kuch va imkoniyatimizni ishga soldik. O‘yin boshida tezkor gol urganimiz «Dinamo»ning foydasiga ishladi. Chunki o‘sha goldan keyin «Neftchi» himoyada uchta himoyachi bilan harakat qilib, asosiy e’tiborni hujumga qaratdi. Ikkinchi bo‘limda maydonga tushayotganimda Ilhom aka Sharipov tezkor qarshi hujumlardan foydalanishni so‘ragandi. Gol urgan vaziyatimda Saidjamol Davlatjonov va Abdumalik Abdullayevlar meni tezkorlik bilan qulay vaziyatga chiqarishdi va bundan unumli foydalandim. Oldinda «Lokomotiv»ga qarshi bahsda ham muxlislarimiz ishonchini oqlashga harakat qilamiz» - deydi «Dinamo» hujumchisi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 10:56, 16.06.2017.
O'qildi: 2821 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик