Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya

Vitaliy Denisov Xitoyga qarshi o‘yinga qadar jarohatidan tiklanishi kutilmoqda

Vitaliy Denisov Xitoyga qarshi o‘yinga qadar jarohatidan tiklanishi kutilmoqda

Baho:
+ | -

Moskvaning “Lokomotiv” klubi safida jarohat olib, operasiya qilingan O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov milliy termaning 31 avgust kuni Xitoyga qarshi JCH–2018 saralash o‘yiniga qadar tiklanishi kutilmoqda.

30 yoshli himoyachi jarohati sabab milliy terma jamoa safida Tailandga qarshi o‘rtoqlik o‘yini va Eronga qarshi JCH–2018 saralash bosqichi uchrashuvini o‘tkazib yuborgandi. Ayni vaqtda u shifokorlar nazorati ostida bo‘lib turibdi va tiklanish jarayonini o‘tkazyapti.

Shifokorlar xulosasiga ko‘ra, Denisov 31 avgustgacha jarohatidan tuzaladi hamda Xitoy bilan o‘yinda maydonga tushishi mumkin bo‘ladi.  Avvalroq Vitaliy Denisov JCH–2018 saralash bosqichidagi Suriya va Qatar terma jamoalariga qarshi o‘yinlarni ham qo‘yib yuborgandi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 16:12, 16.06.2017.
O'qildi: 5009 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.