Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 2-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 1-0 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

O‘zbekistonlik qilichbozlar Gonkongda start olgan Osiyo chempionatida ishtirok etmoqda

O‘zbekistonlik qilichbozlar Gonkongda start olgan Osiyo chempionatida ishtirok etmoqda

Baho:
+ | -

Gonkongda qilichbozlik bo‘yicha Osiyo XXI chempionati boshlandi. 20 iyunga qadar davom etadigan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 11 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda. Shpaga bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi bahslarda yurtimiz sharafini Fayzulla Alimov, Roman Aleksandrov, Javohirbek Nurmatov va Oleg Sokolov himoya qilsa, ushbu yo‘nalishda qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Malika Hakimova kurash olib boradi. Rapira bo‘yicha terma jamoamiz tarkibidan Doniyor Sa’dullayev, Abror Sobirov, Jonibek Xolmurodov, Qurbon Qanoatovlar o‘rin olishgan. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha qizlar o‘rtasida Madinabonu Parpiyeva o‘z omadini sinab ko‘rdi. Shuningdek qilich yo‘nalishida Yevgeniy Konovalov g‘oliblik uchun kuch sinashadi.

Musobaqaning dastlabki kunida 4 nafar sportchimiz o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishdi. Doniyor Sa’dullayev ilk bosqichda hindistonlik Kumar Velautamni 15:13 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi bosqichga yo‘l olgandi. Ammo keyingi davrada u Janubiy Koreya vakili Ki Son Yongga qarshi jang qildi va 8:15 hisobida yutqazdi. Qolgan vakillarimizdan Abror Sobirov tailandlik, Qurbon Qanoatov esa vyetnamlik raqibiga 1/64 final bosqichida yutkazib qo‘yishdi. Terma jamoamizning yana bir a’zosi Jonibek Xolmurodov esa asosiy davra o‘yinlarida ishtirok etmadi.

Bugun turnirda erkaklar o‘rtasida shpaga, qizlar o‘rtasida esa rapira yo‘nalishlarida bahslar bo‘lib o‘tdi. Shpaga bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etgan sportchimiz Oleg Sokolov Osiyo chempionatida o‘ziga hos sensasiya qayd etib Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari chempioni Janubiy Koreyalik Park Sang Yongni 15:11 hisobida mag‘lub etdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. Ushbu jangga qadar Sokolov eronlik Muhammad Ali Keyhanini huddi shu hisobda mag‘lubiyatga uchratgan edi. Shu yilning mart oyida Finlyandiyaning Turku shahrida bo‘lib o‘tgan jahon kubogi bosqichining “V” toifasida g‘olibligini qo‘lga kiritgan Oleg Sokolov afsuski nimchorakfinal yo‘llanmasi uchun kechgan jangda qozog‘istonlik Dmitriy Aleksaninga imkoniyatni boy berib, yakkalik bahslarida musobaqadagi ishtirokiga yakun yasadi.

Bugun shuningdek, Fayzulla Alimov, Roman Aleksandrov, Javohirbek Nurmatov va Madinabonu Parpiyeva ham qit’a chempionatidagi ishtiroklarini boshlashdi. Fayzulla ilk jangini avstraliyalik Jeremi Shelliga qarshi o‘tkazib 15:11 hisobida raqibidan ustun keldi. Ikkinchi bosqichda esa yaponiyalik Masaru Yamadaga xuddi shu hisobda imkoniyatni boy berib, yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi. Javohirbek Nurmatov ham ilk jangida mo‘g‘ulistonlik Dulgun Enksogtni mag‘lub etib ikkinchi bosqichga yo‘llanma olgandi. Ammo 1/32 final bosqichida yaponiyalik Uyama Satoruga yutkazib qo‘ydi. Roman Aleksandrov va Madinabonu Parpiyevalar esa dastlabki bosqichining o‘zidayoq mag‘lubiyat alamini totib qo‘rishdi. Endi erkaklar terma jamoamiz jamoaviy bahslarda o‘z omadini sinab ko‘radi. Musobaqa 20 iyunga qadar davom etadi.

 

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 18:29, 16.06.2017.
O'qildi: 3024 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.