Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Chililik jurnalistni chuv tushirgan taksichi qo‘lga olindi

Chililik jurnalistni chuv tushirgan taksichi qo‘lga olindi

Baho:
+ | -

Konfederasiyalar kubogini yoritish uchun Moskvaga kelgan jurnalistni chuv tushirib ketgan taksi haydovchisi qo‘lga olindi.

Ma’lumki, 17 iyun kuni Rossiyada Konfederasiyalar kubogi start oladi. Musobaqani yoritish

uchun dunyoning turli burchaklaridan jurnalist va muxbirlar yetib kelmoqda.
Xususan, Radio Chili xodimi Diyego Gaspar Miranda ham Moskva shahriga yetib keldi. Biroq jurnalist kelgan zahotiyoq noxush voqea ishtirokchisiga aylandi. U «Domodedovo» aeroportida taksiga o‘tirib, Moskva markazidagi mehmonxonaga yetib kelgan. Haydovchi esa undan 50 ming rubl (taxminan 800 AQSH dollari) talab qilgan. Narxlar haqida tasavvurga ega bo‘lmagan mehmon pulni taksichiga berib yuborgan. Ammo keyinchalik u aeroportdan Moskva markaziga yetib kelish bor yo‘g‘i 3 ming rubl ekanini bilib qolgan.

Shundan so‘ng, Miranda polisiyaga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Polisiya esa qisqa fursatda firibgarni qo‘lga olgan. U Moskva viloyatida yashovchi fuqaro bo‘lib chiqqan. Ayni vaqtda gumonlanuvchi polisiya bo‘limida ushbu holat yuzasidan ko‘rsatma bermoqda. Unga nisbatan "Firibgarlik" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 00:22, 17.06.2017.
O'qildi: 4211 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик