Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Afonin vs Denisov. Qaysi biri yaxshiroq o‘ynadi?

Afonin vs Denisov. Qaysi biri yaxshiroq o‘ynadi?

Baho:
+ | -

Rossiya premyer-ligasining so‘nggi mavsumida 3 nafar futbolimiz maydonga tushdi. Ammo Odil Ahmedov («Krasnodar») mavsumning birinchi qismi tugagach, Xitoyga yo‘l olib, «Shanxay SIPG» a’zosiga aylandi. Milliy jamoamizning yana ikki nafar vakili Vitaliy Denisov («Lokomotiv», Moskva) va Vadim Afonin («Orenburg») esa mavsum oxiriga qadar premyer-ligada qolishdi. Yakunda Denisovning jamoasi 8-o‘rinni egallagan bo‘lsa, «Orenburg» o‘tish o‘yinlarida ishtirok etish qismatiga duchor bo‘lib, yana birinchi divizionga tushib ketdi. Xo‘sh, ikki legionerimizning mavsum davomidagi shaxsiy statistikasi qanday ko‘rinish oldi? Umumiy natijalar Denisovda yaxshiroqmi yoki Afoninda? Javob qaydayligiga qiziqsangiz, marhamat, the-uff.com sayti to‘plagan ma’lumotlar asosida ikki futbolchimizning ko‘rsatkichlarini o‘zaro taqqoslab ko‘rishingiz mumkin.

VADIM AFONIN

* Vadim mavsum davomida 29ta o‘yinda ishtirok etdi;

* Shundan 26ta o‘yin Rossiya premyer-ligasi,  2tasi mamlakat kubogi va yana biri ligada qolish uchun «pley-off» raundida o‘tkazildi;

* Afonin 25ta o‘yinni jamoasining boshlang‘ich tarkibida boshlab, ularning 24tasida to‘liq 90 daqiqadan harakatlandi;

* Taqqoslash uchun aytsak, «Orenburg»ning boshqa biror yarim himoyachisi chempionatda hamyurtimizchalik ko‘p o‘ynagani yo‘q;

* Vadim o‘yin davomida atigi bir marta almashtirildi. Ya’ni faqat «Lokomotiv»ga qarshi kechgan uchrashuvning 58-daqiqasida o‘z o‘rnini zaxira vakiliga bo‘shatib berdi;

* Umumiy hisobda aytsak, Afonin Rossiya chempionati o‘yinlarida jami 2307 daqiqa to‘p surdi;

* Hamyurtimiz premyer-liganing 29-turida chempionatdagi birinchi va yagona golini nishonladi;

* Afonin mavsum davomida 8 marta ogohlantirildi va sariq kartochkalar limiti sabab, bitta o‘yinni o‘tkazib yubordi;

* «Orenburg» finishga 13-o‘rinda yetib kelib, «pley-off» bosqichida SKA jamoasiga qarshi maydonga tushdi;

* 2ta o‘tish o‘yinida ham hisob ochilmadi va penaltilar seriyasiga murojaat etildi. Biroq bunda Afonin jamoasiga omad yetishmadi va u elitadagi bir yillik ishtirokdan so‘ng birinchi divizionga tushib ketdi.

VITALIY DENISOV

* Vitaliy Denisov premyer-liga doirasidagi 24ta o‘yinda ishtirok etdi;

* Hamyurtimiz mavsum davomida chempionat taqvimidagi 2ta o‘yindagina zaxirada qoldirildi, shuningdek, 3ta uchrashuvda rasmiy qaydnomaga kiritilmadi;

* Vitaliy shuningdek, yana 1ta o‘yinni jarohat sabab, o‘tkazib yubordi;

* Terma jamoamiz himoyachisi chempionat bahs­larida 5 marta sariq kartochka oldi;

* Hamyurtimiz klubining Rossiya kubogi doi­rasidagi 4ta o‘yinida ham ishtirok etdi;

* Vitya kubok bahslarida bir bora ogohlantirildi;

* Mavsum davomida «Lokomotiv» tarkibidagi legionerlardan birgina Nemanya Peychinovich (Serbiya) Denisovdan ko‘proq maydonga tushdi - 27 marta;

* Umumiy hisobda aytsak, Vitaliy mavsum davomida barcha musobaqalar hisobidan maydonda 2893 daqiqa to‘p surdi;

* Mavsum hamyurtimiz uchun Rossiya kubogi qo‘lga kiritilgani bilan esda qoladigan bo‘ldi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:37, 17.06.2017.
O'qildi: 7458 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.