Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

O‘z oyog‘iga bolta urgan futbolchilar

O‘z oyog‘iga bolta urgan futbolchilar

Baho:
+ | -

Mashhur futbolchilar tez-tez qonunga xilof ishlar qilib turishadi. Balki, bunga ularning yulduzlik kasaliga uchragani sabab bo‘lar. Lekin ular kamdan-kam hollardagina panjara ortidan joy egallashadi, chunki taniqli futbolchilar ortida katta pul va kuchli advokatlar turadi-da. Ammo gohida pul va yaxshi advokatlar ish bermay qolgan holatlar ham kuzatiladi.

Maksim Molokoyedov

2010 yili Sankt-Peterburgning «Dinamo» jamoasi a’zosi Maksim Molokoyedov Chili poytaxti Santyagodagi aeroportda qo‘lga olindi. Polisiyachilar rossiyalik futbolchining yuklari orasidan olti kilogramm kokain topishdi. Futbolchi zahri qotilni bolalar kitoblari orasiga yashirib qo‘ygan ekan. Giyohvand moddalar tashigani uchun Santyago sudi Maksimni uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi va u jazo muddatini Chilidagi qamoqxonalardan birida o‘taydigan bo‘ldi. 2012 yilning yozida esa o‘yinchi karerasini tiklashga erishdi. Molokoyedov Chili milliy chempionatining ikkinchi divizionida ishtirok etadigan «Santyago Morning» klubi bilan shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘ldi.

Turgan gapki, o‘yinchini «El Ruso» qamoqxonasidan qo‘yib yuborishmadi, lekin u o‘z agentiga ega bo‘ldi va Maksim har kuni «Santyago Morning» mashg‘ulotlarida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. 2013 yilning 23 fevral kuni Molokoedov ozodlikka chiqdi va tezda vataniga qaytib keldi. Futbolchi «Santyago Morning» bilan tuzilgan shartnomani maoshi juda kamligi bois davom ettirmadi: unga oyiga ming dollar berishardi, xolos.

Breno Borjes

2011 yili Germaniyaning «Bavariya» klubida to‘p suruvchi braziliyalik Breno Borjes o‘zi ijarada turadigan uyda is gazidan zaharlanib shifoxonaga tushib qoldi. Klinikaga futbolchini mast holatda olib kelishdi. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, uyning yonib ketishiga boshqa birov emas, aynan Brenoning o‘zi sababchi bo‘lgan ekan. Sudda futbolchi yirik miqdorda sug‘urta puli olish maqsadida yong‘inni o‘zi uyushtirgani isbotlab berildi.

Uyga yetkazilgan zarar 1,5 million dollarga teng bo‘lib, ijarachi 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin edi. Biroq Bruno bu qadar uzoq yillik jazodan qutulib qoldi va panjara ortida bor-yo‘g‘i uch yil o‘tirdi. 2014 yilning 18 dekabrida futbolchi ozodlikka chiqdi.

Gari Medin

Angliyaning «Sheffild Uensdey» jamoasi o‘yinchisi bo‘lmish 25 yoshli Gari Medin o‘z qadrdon klubi safida 35 matchda maydonga tushgan. Ammo ikki marta muxlislarini kaltaklagani bois 18 oyga ozodlikdan mahrum etilgan. Har ikki ko‘ngilsiz holat ichkilikxona (pab) da yuz bergan. 2012 yilning fevralida hujumchi o‘z klubiga ishqibozlik qiluvchi muxlisning burnini sindirib qo‘ygan. Jabrdiydaning so‘zlariga ko‘ra, Medin uzoq vaqt uning eng sevimli futbolchisi bo‘lgan.

Oradan bir oy o‘tib britaniyalik hujumchi pabda yana bir kishi bilan mushtlashib qolgan. Bu safar futbolchining kuchli zarbasi ta’mini «Sheffild Yunayted»ning azaliy raqibi bo‘lmish «Uensdey»ga muxlislik qiladigan ishqiboz tatib ko‘rdi. Singan burunlar uchun kam tovon to‘lanmadi: Medin 18 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi va bundan tashqari, jarbdiydalardan birining hisob raqamiga 1,5 ming dollar o‘tqazdi. Ustiga ustak, Gari sud xarajatlarini ham to‘lashga majbur bo‘ldi.

Rene Igita

Darvozabon Rene Igita 25 yil davomida 380 matchda ishtirok etdi va 41 ta penaltini aniq amalga oshirdi. Afsonaviy futbolchining shaxsiy hayoti ham professional faoliyati kabi rang-barang. 49 yoshga kelib sportchi realiti-shoularda qatnashishga, plastik operasiya qildirib, tashqi ko‘rinishini to‘liq o‘zgartirishga, bir necha bor uylanishga va ikki marta qamalib chiqishga ulgurdi.

1993 yili futbolchi odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh bilan hamkorlik qilishda ayblanib qamalgan. O‘shanda Igita bola o‘g‘irlashda ishtirok etgani uchun jazolangan edi. Tez orada kolumbiyalik o‘yinchi yana sudlandi. Bu safar u giyohvand moddalar sotish bilan shug‘ullanuvchi narkobaron bilan vositachilik qilgani uchun yetti oy muddatga panjara ortidan joy oldi. Biroq bu muammolar Xosening futboldagi faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmadi. U, baribir, Kolumbiya klublari darvozasini qo‘riqlashda davom etdi. Rene Igita rasmiy ravishda 2010 yilga kelibgina futboldan ketdi.

Bruno Souza

2013 yili Braziliyaning «Flamengo» klubi darvozaboni Bruno Souza o‘zining sobiq mahbubasi, 25 yoshli model Eliza Samudioni vahshiylarcha o‘ldirishga bosh-qosh bo‘lganlikda aylanib hibsga olindi. Mazkur qotillikda hammasi bo‘lib yetti kishi ishtirok etgan va ularning orasida darvozaboning rafiqasi va uning eng yaqin do‘sti — huquq-tartibot idorasi xodimi ham bo‘lgan. Bruno Souza qilmishiga yarasha jazo oldi — u 22 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

 

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 12:32, 17.06.2017.
O'qildi: 11346 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.