Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Shohjahon Ergashev AQSH safari oldidan operasiya qilinadi. Uning navbatdagi raqibi ma’lum

Shohjahon Ergashev AQSH safari oldidan operasiya qilinadi. Uning navbatdagi raqibi ma’lum

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev o‘zining o‘ninchi jangi oldidan qo‘lini jarohatlab olgani ma’lum qilingandi.

Shunga qaramay, bokschi bir qo‘liga tayanib jang qilishga qaror qildi va tojikistonlik raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi. Ergashev AQSHga yo‘l olguniga qadar jarohatlangan qo‘lini operasiya qildiradi. Muolajaning qachonga mo‘ljallangani va qayerda o‘tishiga oydinlik kiritilmagan.

Bunga qadar bo‘lgan 10 ta jangini Rossiyada o‘tkazgan Shohjahon Ergashev AQSHdagi faoliyati davomida taniqli murabbiy Abel Sanches bilan ishlaydi. 

Sanches o‘z vaqtida qozog‘istonlik bokschi Gennadiy Golovkinni ham shug‘ullantirgan. Endilikda u o‘z maslahat va tajribasini o‘zbekstonlik charm qo‘lqop ustasiga berib boradi.

Shohjahon Ergashev professional ringdagi keyingi janglarini AQSHda o‘tkazishi va uning chiqishlari Showtime kanalida namoyish etilishi xabar qilingandi. Endi esa 4 avgust kuni bokschiga kim raqib bo‘lishiga oydinlik kiritildi.

Bunga qadar professional ringda 21 ta jang o‘tkazgan Abel Ramos ketma-ket 10 ta jangni nokaut bilan yakunlagan Ergashevga qarshi kurashib ko‘radi. 1991 yilda tug‘ilgan Ramos 17 ta jangni o‘z foydasiga hal qilgan bo‘lsa, yana 2 tasida raqiblari bilan murosaga rozi bo‘lgan. Mag‘lub bo‘lgan ikki jangining birida nokaut qabul qilib olgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:31, 17.06.2017.
O'qildi: 4587 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик