Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 2-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

Alvares APLga qaytish variantini istisno qilmayapti

Alvares APLga qaytish variantini istisno qilmayapti

Baho:
+ | -

«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares Angliya Premyer-ligasiga qaytishi mumkin. AS nashri ma’lumotiga ko‘ra, «Arsenal» bir muddatdan buyon argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish ustida ish olib bormoqda.

Manbaga ko‘ra, Alvaresning asosiy istagi «Barselona»ga o‘tish. Biroq kataloniyaliklarning hozirgi qiyinchiliklarini hisobga olgan holda, 26 yoshli hujumchi APLga qaytish variantini ham istisno qilmayapti.

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta va klub sport direktori Andrea Berta futbolchi bilan muntazam aloqada bo‘lib turibdi.

Qayd etilishicha, Alvaresni London klubining sport loyihasi o‘ziga jalb qilmoqda. Biroq Buyuk Britaniyadagi byurokratik to‘siqlar va viza bilan bog‘liq cheklovlar hujumchining qaroriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu omillar uning oila a’zolari va do‘stlarining Angliyaga kelib-ketishini qiyinlashtiradi.

Alvares ayni paytda Ispaniyada oilasi bilan o‘zini qulay his qilmoqda. Shu sababli u «Manchester Siti»da o‘ynagan davrida duch kelgan ayrim maishiy qiyinchiliklarni yana boshdan kechirishni istamaydi.

Kiritildi: 13:39, 23.08.2026.
O'qildi: 1581 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик