Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Pep Gvardiola: «Valverde maslahatga muhtoj emas»

Pep Gvardiola: «Valverde maslahatga muhtoj emas»

Baho:
+1 | -

Bugungi kunda Angliyaning «Manchester Siti» klubini boshqarayotgan Pep Gvardiola «Drim Tim»ning boshqa sobiq o‘yinchilari qatori golf bo‘yicha Yoxan Kroyff sharafiga o‘tkazilgan xotira turnirida qatnashdi. Barselonadagi «Montanya» golf-klubi buyuk gollandiyalik mutaxassisni yodga olish maqsadida shunday musobaqa tashkillashtirishga qaror qildi. «Shaharliklar» ustozi xorijlik hamkasblarimizga intervyu berish chog‘ida «Barselona»ning ayni paytdagi holati bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirarkan, Ernesto Valverdening bosh murabbiy sifatida tayinlanishini to‘liq qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, «Real»ni Yevropa Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyat bilan tabrikladi. Qolaversa, qo‘l ostidagi jamoaning kelajagi haqida gapirdi.

Ernesto Valverde haqida:

- Bu ajoyib qaror. Luis Enrike yorqin faoliyat yuritdi. Nafaqat qo‘lga kiritilgan sovrinlar, balki jamoaning o‘yiniga qarab ham shunday xulosaga kelish mumkin. Ernesto - yaqin do‘stim, ayrim jihatlar bo‘yicha Luis Enrikega o‘xshaydi. Ishonchim komilki, bu mutaxassis o‘z ishini qoyilmaqom tarzda bajaradi. Valverde - aynan «Barselona»ga kerakli murabbiy. Buni u Gresiyadagi faoliyati davomida isbotladi. OAV e’tibori nuqtai nazaridan ancha murakkab hisoblangan «Valensiya»da yomon ishlamadi, «Atletik»ni Yevropa maydonlariga olib chiqdi... U juda tajribali, qolaversa, o‘zgacha shaxs. Ernestoga qanday maslahat berishim mumkin? Hech qanday, u maslahatga muhtoj emas, nima qilish kerakligini yaxshi biladi.

«Barselona»da qanday o‘zgarish qilish haqida:

- Ayrim narsalarni o‘zgartirilsa, kifoya, axir jamoa mamlakat kubogi sohibiga aylandi, ligada ham oxirigacha chempionlik uchun kurashdi. «Barselona» - so‘nggi 15 yoki 20 yil ichidagi eng raqobatbardosh klub. Bu o‘rinda gap har bir turda g‘alabaga intilish haqida bormoqda, bu o‘yinchilarning 15 yil davomida erishgan yutuqlari hali hech kimga nasib qilmagan. Yevropada birgina omadsiz oqshom jamoani turnirdan chiqarib yuborishi mumkin. YECHL nisbatan qisqa davom etadi, agar 6-8ta bahsda yuqori saviyali o‘yin namoyish etilsa, muvaffaqiyat kafolatlanadi. Ichki chempionat esa, o‘z navbatida, har kun yuqori natijalarni talab etadi. «Barselona» ko‘p yillar mobaynida buni sharaf bilan uddaladi. Jahonda undan kuchliroq jamoa yo‘q. Buni kataloniyaliklar yana isbotlashadi. Tarkibni kuchaytirish masalasida fikr bildirish mening vakolatimga kirmaydi.

Luis Enrikening uslubi haqida:

- Buni o‘zimda ikki marta his qilganman, bu haqiqiy tutqich bermas jamoa.

«Real»ning YECHLdagi ishtiroki haqida:

- Bu - buyuk klub. Madridliklar juda yaxshi o‘ynashdi. Ularni men bosh-qargan «Barsa» bilan solishtirish kerakmi? Huquq sizlarda. Omad? Chempionlar Ligasida faqat omad evaziga muvaffaqiyat qozonish imkonsiz. «Real» boshqalardan kuchli bo‘lgani uchun kubokni qo‘lga kiritdi.

Zidan bilan solishtirishlari haqida:

- Bizning «soch turmagimiz» o‘xshash (kulib). U ajoyib faoliyat yuritdi, Zidan uchun xursandman. Yuqori darajadagi futbolchi bo‘lgandi, men ko‘rgan o‘yinchilar orasida eng yaxshilaridan biri edi. Uning murabbiylikdagi natijalari ham hammasidan dalolat berib turibdi. Albatta, «Real»ni tabriklayman, ammo ular shubha qilishmasin: «Barsa» hali qaytadi, u hamisha qaytgan.

«Montanya» golf-klubiga qaytish va «Drim-Tim» safiga qo‘shilish haqida:

- Bu joy yorqin xotiralarni esga soladi, «Drim-Tim» gullagan davrda shu yerda Yoxan bilan o‘ynardik. Kroyffni bilganlar uni o‘ta muhim shaxs deb hisoblashgan. Nafaqat professional nuqtai nazardan, balki boshqa jihatlar bo‘yicha ham shunday. U safimizni erta tark etdi, ammo u va oilasini hamisha eslaymiz. Yoxan asos solgan fond - undan meros qolgan yaxshi narsa. Barchamiz yana uchrashayotganimizdan xursandmiz. Bir necha yillardan buyon shu an’anani saqlab kelyapmiz, bu tarixda bo‘lib o‘tgan voqealarni yodga olish uchun ajoyib imkoniyat.

«Manchester Siti»ning kelajagi haqida:

- Biz eng yaxshi bo‘lishga intildik, ammo nimadir o‘xshamadi. Premyer-ligada oxirigacha kurashishni uddalay olmadik. Shunga qaramay, Angliya kubogi yarim finaliga chiqdik, YECHL 1|8 finalida 6ta gol urdik, lekin bu keyingi bosqichga chiqishimiz uchun yetarli bo‘lmadi. Hozirgi «Manchester Siti» tarkibi o‘sishga erishadi va yaqin yillarda eng yaxshi jamoaga aylanadi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:07, 20.06.2017.
O'qildi: 5451 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.