Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Germaniyaning navbatdagi oltin avlodi

Germaniyaning navbatdagi oltin avlodi

Baho:
+1 | -

Germaniya terma jamoasi Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Konfederasiyalar Kubogida o‘zining bir qator umidli yoshlari bilan tashrif buyurgan.

France Football nashri ulardan ba’zilari Niklas Zyule, Yulian Brandt, Timo Verner va Leon Goreska haqida to‘xtalib o‘tdi. Nemis futbolining kelajagi sifatida ko‘rilayotgan bu yosh iqtidor egalarining ko‘pchiligi hali 22 yoshga ham to‘lmagan.

Yulian Brandt (21 yosh, “Bayer”)

“Bayer” a’zosi ajoyib texnikasi, betakror driblingi, tezkorligi, aniq uzatmalar uzata olishi bilan ajralib turadi. Raqib jamoa Yulian maydonda ekan har qanday xavf istalgan tomondan kelishiga tayyor turishlari kerak. Chap qanotga ixtisoslashganiga qaramay, Yulian hujumning istalgan tomonidan raqib darvozasiga xavf sola oladi. Frank Riberining izdoshi bo‘lishi taxmin qilayotgan Yulian o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashi va “Bayer”da o‘z o‘rnini mustahkamlab olishi talab etiladi.

Niklas Zyule (21 yosh, « Bavariya »)

1.95 metrlik bo‘yga ega Zyule har qanday raqib hujumchisi uchun noqulaylik tug’dirishi aniq. “Bavariya”da Jerom Boateng va Mats Hummelslarning asosiy raqobatchisi sifatida ko‘rilayotgan himoyachi zamonaviy himoyachiga kerak bo‘lgan barcha sifatlarga ega. “Xoffenxaym”da 4 mavsum davomida 108 uchrashuvda ishtirok etgan himoyachi ancha tajriba ham to‘plab olgan. Zyule Yoaxim Lyovning eng ishongan yosh futbolchilaridan biri hisoblanadi.

Leon Goreska (22 yosh, « Shalke-04 » )

«Boxum» safida futbolchi sifatida shakllangan Goreska “Shalke-04” jamoasida haqiqiy iqtidor egasiga aylandi. Gelzenkirxenliklar yarim himoyasining bosh “me’mori” bo‘lgan Goreska raqibga bosim uyushtirishi, to‘pni raqibdan olib qo‘yishi, uzatmalarni amalga oshirishi va gollar urishi bilan ham afsonaviy Pol Skouls, Toni Kroos yoki Pol Pogbani eslatib yubormoqda.

Timo Verner (21 yosh, “Leypsig”)

Miroslav Kloze terma jamoani tark etganidan buyon nemis mashinasi o‘ziga mohir hujumchini qidirib kelayotgan edi. Lyov “Leypsig”da porlagan Verner misolida izlayotgan javohirini topdi. Yuqori texnikaga ega, tezkor va golni his qiluvchi qobiliyatlarga sohib Verner nemis futbolining kelajagi sifatida qaralmoqda.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 23:28, 20.06.2017.
O'qildi: 8768 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.