Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Xristo Stoichkov: «Real» hech qachon «Barselona»dek o‘ynay olmaydi»

Xristo Stoichkov: «Real» hech qachon «Barselona»dek o‘ynay olmaydi»

Baho:
+ | -

Bolgariyaning afsonaviy hujumchisi Moskvaga tashrif buyurdi va «SE» nashri tahririyati mehmoni bo‘ldi. Aslida Moskvaga ish yuzasidan kelgandi. U «LUKOYL bolalar chempionlar kubogi» xalqaro loyihasining elchisi hisoblanadi.

«Oltin to‘p» va «Oltin butsa» sohibi hisoblangan sobiq futbolchi bolalar yoniga ketishdan oldin «SE» jurnalistlari savollariga javob berdi.

- «Lukoyl» bilan sizni loyiha bog‘lab turadi. «Spartak»ning chempion bo‘lganidan xursanddirsiz?

- Albatta. Professionalizm natija olib keldi. Aslida ham shunday bo‘lish kerak. Lekin birinchi o‘rinda «Spartak»ning muxlislari uchun xursandman. Ular bu g‘alabani juda uzoq kutishdi. Biroq SSKA chempion bo‘lganida ham shunchalik quvonardim. Chunki bu jamoa safida hamyurtim Georgiy Milanov to‘p suradi.

- «Spartak» va SSKA o‘zaro bahs­lashsa, qay biriga taraf olasiz?

- Spektaklga. Bir umr sportchi bo‘lganman. Shu bois ham har bir futbolchining ishiga hurmat bilan qarayman.

- Hamisha Messi Krishtianu Ronaldudan kuchli deb aytasiz. U nimasi bilan kuchli?

- Messi - shubhasiz birinchi raqamli. U hamisha jamoa uchun o‘ynaydi. Aqlbovar qilmas texnika, intellekt, shuningdek, Messi xudbin emas. Bu esa juda muhim. Odamlar Messini Di Stefano, Pele, Kroyff bilan tenglashtirishadi. Ronalduni esa Messiga qiyoslashadi. Bu ham ko‘p narsani anglatadi. Lekin Ronaldu hech qachon Messidek bo‘la olmaydi. «Real» ham hech qachon «Barselona»dek o‘ynay olmaydi.

- Bir paytlari Andrey Arshavin haqida iliq fikrlar bildirgandingiz. Sizningcha, u «Barselona»da o‘ynab ketgan bo‘larmidi?

- Ispaniyada unga osonroq bo‘lardi. Andreyda yaxshi texnika va tezlik mujassam edi. Bu jihatlarini yanada kuchaytirsa bo‘lardi. Arshavinning nima uchun «Barsa»ga o‘tmaganini bilmayman. Lekin fikrimcha, bu jamoada u yaxshi hamkorlar orqali bundanda yuqori natijalarga erishgan bo‘lardi. Balki «Oltin to‘p»­ni yutarmidi...

- Rossiyalik futbolchilardan qay biri yangi Arshavin bo‘la oladi?

- Hozir undaylar yo‘q. Hech kim Yevropaga o‘ynagani bormayapti. Bu esa katta muammo. 15-20 yil oldinga qaytsak, har bir chempionatda  kuchli rus futbolchilari bo‘lardi. Mostovoy,Karpin, Kuznesov, Ledyaxov, Nikiforov barchasini sanab tugatib bo‘lmaydi. Hozir Dmitriy Cherishevning o‘g‘li - Denis bor. Lekin birgina legioner kamlik qiladi.

- Ammo Rossiyaning Angliyada murabbiyi bor. Leonid Sluskiy haqidagi fikrlaringiz qanday?

- Yaxshi murabbiy. Chunki u gapimga quloq solib, SSKAga Georgiy Milanovni olgan (kuladi). Jiddiy gapiradigan bo‘lsam, Sluskiyning ishlash uslubi menga yoqadi. U o‘zining usullari bilan Lobanovskiyni eslatib yuboradi. Sluskiy barcha narsani ipidan-ignasigacha hisoblab chiqadi.

- Milanovni qanday tavsiya qilgansiz?

- Avval Galyamin bilan gaplashganman. Keyin Sluskiy bilan. Ularni ko‘ndirganman.

- Stanislav Cherchesov bilan tanishmisiz?

- U mening jonajon o‘rtog‘im. Bir-birimizni 30 yildan beri bilamiz. Unga gol urganmanmi yoki yo‘qmi eslay olmayman. Ammo bu muhim emas. Stanislav - yaxshi inson va kuchli murabbiy. U bilan terma jamoani qabul qilib olishidan oldin muloqot qilgandik. Hattoki, mendan ayrim maslahatlarni so‘ragan. O‘ylaymanki, u jahon chempionati uchun yaxshi jamoa shakllantiradi. Uning oldida yana bir yil bor. Qolaversa, Konfederasiyalar kubogida ham natija qayd etishlariga ishonaman. Rossiyalik muxlislar o‘z terma jamoalari bilan faxrlanishlarini istayman.

- Aytishlaricha, darvozabonlardan yaxshi murabbiy chiqmas ekan.

- Bu bo‘lmagan gap. Agar jamoaning ishi unchalik yurishmasa, hamisha qandaydir sabablarni istashadi. Lekin har qanday ish muammosiz bo‘lmaydi. 1994 yili Bolgariya terma jamoasi ham qiyinchiliklarga duch kelgan. Biroq birgalikda harakat qilib, Bolgariya xalqiga quvonch ulashganmiz. Shunday ekan, 2018 yilda bir yoqadan bosh chiqarishga to‘g‘ri keladi. Musobaqada yettita ajoyib o‘yin o‘tkazishinglarga tilakdoshman.

- Yetti?

- Albatta. Nima, ishonmayapsizmi?

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:51, 24.06.2017.
O'qildi: 10008 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.