Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Zayniddin Tojiyev: "Bugungi derbida “Lokomotiv” "Bunyodkor"dan ustunroq ko‘rinmoqda"

Zayniddin Tojiyev: "Bugungi derbida “Lokomotiv” "Bunyodkor"dan ustunroq ko‘rinmoqda"

Baho:
+ | -

Oliy liganing 15-turida “Bunyodkor” – “Lokomotiv” o‘yini o‘tkaziladi.

O‘z vaqtida “temiryo‘lchilar” jamoasi safida mazmunli o‘yin namoyish etib, bir qator derbilarda muxlislar olqishiga sazovor bo‘lgan sobiq futbolchi Zayniddin Tojiyev mazkur o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"“Bunyodkor” jamoasi endilikda Mirjalol Qosimov boshchiligida sekin-asta yangicha o‘yinni shakllantirib bormoqda. Lekin bugungi bahsda “Lokomotiv”ni raqibdan biroz ustunroq, deb o‘ylayman. O‘zi aslida derbiga tayyorgarlik odatda biroz boshqacharoq bo‘ladi. Men futbol o‘ynagan paytda ham shunday edi. “Bunyodkor”ga qarshi kechgan bir nechta derbilarda ishtirok etganman.

Derbida jamoa yutadimi yoki yutqazadimi, baribir kurash so‘nggi sekundlarga qadar kechadi. “Bunyodkor” bilan bo‘lgan derbilardan yodimda saqlanib qolgani – 2012 yilda ushbu jamoani 3:1 hisobida mag‘lub etganimiz. O‘shanda Arturas Fomenko 2 ta gol kiritgandi. Adashmasam, Arturas “Bunyodkor”ga qarshi deyarli har bir o‘yinida gol kiritishga muvaffaq bo‘lardi.

Umuman olganda, derbida g‘alabaga erishish har qachon ham muhim bo‘lgan. Shu sababli bugun ham o‘yin juda shiddatli va qiziqarli tarzda kechishiga aminman", - dedi Tojiyev.

Ta’kidlash joizki, Zayniddin Tojiyev 2011—2013 mavsumlarda “Lokomotiv” sharafini himoya qilgan.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 14:36, 25.06.2017.
O'qildi: 4267 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.