Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Salohning transferi “Liverpul”ga qanday ta’sir qiladi?

Salohning transferi “Liverpul”ga qanday ta’sir qiladi?

Baho:
+ | -

Payshanba oqshomida «Roma»dan Muhammad Salohni o‘z safiga qo‘shib olgan «Liverpul» o‘z muxlislarini quvontirgan bo‘lishi aniq.

Boisi yangi mavsumda Yurgen Klopp jamoasining hujumkorlik qobiliyati sezilarli kuchaygan bo‘ladi. France Football nashri Salohning “Liverpul”ga qanday ta’sir etishi borasida muhokama qiladi.

Ushbu transfer uchun “Liverpul” rahbariyati “Roma” hisobiga 42 million yevro o‘tkazadigan bo‘ldi. Ushbu qiymat futbolchining ko‘rsatadigan o‘yiniga qarab, bonuslar bilan qo‘shimcha yana 8 mln. yevrogacha ortishi mumkin. Misrlik futbolchining transferi “Qizillar”ning eng qimmat 2-transferiga aylandi. Dastlabki o‘rinni 2015-yilda 46,5 million yevroga olib kelingan Kristian Benteke band etgan. Salohdan keyin Sadio Mane (2016-yil 41,5 mln yevro) va Roberto Firminyolar (2015-yil 41 mln yevro) joy olishgan.

Yangi mavsumda klub hujumchilari safiga Koutinyo va Lallanalarni kiritadigan bo‘lsak, Klopp qo‘l ostida ancha hujumkor jamoa to‘planganini guvohi bo‘lamiz. Agarda germaniyalik murabbiy jamoasida muvozanatni saqlay olsa va ularni ruxlantira olsa, “Liverpul” Premer Liganing har qanday jamoasi uchun asosiy raqibga aylanadi. “Borussiya”ning sobiq ustozi 1-navbatda Salohga asosiy tarkibdan joy topib berishi kerak bo‘ladi. Bu esa Koutinyoning yarim himoyaga qaytarilishi bilan tugashi mumkin. Braziliyalik futbolchi o‘tgan mavsumda jarohat olguniga qadar yuqori darajadagi o‘yinlarini namoyish etgandi. Yangi mavsumda esa unga maydonda kerakli erkinlik ta’minlanishi lozim. Aynan u atrofida jamoaning o‘yini tuzilmoqda.

Shuningdek, jamoa uchun hali transfer bozori tugagani yo‘q. Kelasi mavsumda Sadio Mane va Salohlar hujumning ikki qanotida o‘ynashi kutilmoqda. Tezkor, texnikasi yuqori bo‘lgan bu ikki futbolchi har qanday raqib himoyasiga bosh og‘rig‘i bo‘ladi. Klub rahbariyati top-hujumchilarni qo‘shib olish harakatida, ayniqsa, Obameyang va Lakazett nomzodlari jiddiy ko‘rib chiqilmoqda. Klopp bu ikki hujumchidan birini qo‘lga kiritadigan bo‘lsa, so‘zsiz mersisaydliklarning hujum chizig‘i xavfli ko‘rinish oladi. Shu bilan birga, yakuniga yetgan mavsumda jamoaga qimmatga tushgan himoya chizig‘ini ham qayta ko‘rib chiqishi kerak. Premer Ligada 42 gol o‘tkazib yuborgan « Liverpul » top-6 jamoalaridan past natija qayd etgan.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 18:07, 25.06.2017.
O'qildi: 6439 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.