Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Oliy liga. «Nasaf» yirik hisobida g‘alaba qozondi

Oliy liga. «Nasaf» yirik hisobida g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Bugun birinchi davraning so‘nggi turida "Navbahor" Qarshining "Nasaf" klubiga qarshi safarda o‘yin o‘tkazdi. Uchrashuv qarshiliklarning yirik g‘alabasi bilan yakun topdi.

Birinchi bo‘lim teng kurashlar ostida o‘tdi. Har ikki jamoa ko‘plab xavfli hujumlar tashkil qilib, standart vaziyatlardan foydalanishdi. Ammo, uchrashuvda hisobni ochish "ajdarlar"ga nasib etdi. 23- daqiqada Bahrom Abdurahimov o‘ng qanotdan jarima maydonimizga yorib kirib, Dragan Cheranni to‘p bilan ta’minladi. "Nasaf" hujumchisi yaqin masofadan Amanov qo‘riqlagan darvozani nishonga oldi, 1:0.
Namanaganliklarga hisobni tenglashtirish uchun raqib himoyachilari va darvozaboni imkon berishmadi. Tanaffusga qadar bu hisob saqlanib qoldi.

Uchrashuvning ikkinchi yarmi "Nasaf" ustunligida o‘tdi. Chunki 63-daqiqaga kelib "Navbahor" maydonda bir kishi kam bo‘lib qoldi. Alisher Mirzayev ikkinchi bor ogohlantirilib, o‘yinni erta yakunladi. Son jihatidan ustun bo‘lgan Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari so‘nggi 10 daqiqada hisobni yirik ko‘rinishga keltirishdi. Asilbek Amanov yakkama-yakka vaziyatga chiqqan Farruh Sayfiyevni to‘xtatgani uchun 81- daqiqad bosh hakam darvozamizga penalti belgiladi. 11 metrli jarima zarbasini Cheran golga aylantirdi, 2:0. Oradan bir daqiqa o‘tib zaxiradan maydonga tushgan Shahboz Erkinov "Nasaf"ning uchinchi goliga mualliflik qildi. 87-daqiqada esa Akmal Shorahmedov chamasi 32 metrlardan aniq zarba yo‘llab, o‘yinda yakuniy hisobni o‘rnatdi. Shu tariqa "Navbahor" joriy mavsumda ilk bor yirik hisobda yengildi.

"Nasaf" - "Navbahor" - 4:0 (1:0). 25 iyun. G‘uzor. "Sho‘rtan" o‘yingohi.
Hakamlar: Z. Qodirov, T. Galeev, A. Po‘latov, J. Muxtorov.
Nazoratchi: M. Ismoilov
"Nasaf": 25. Eldor Suyunov, 2. Akmal Shorahmedov, 4. Maqsud Karimov (15.SHaxboz Erkinov, 72), 6. Aziz G‘aniyev (7.Odil Hamrbekov, 82), 10. Dilshod Rahmatullayev, 18. Bahrom Abdurahimov, 22. Igor Golban, 23. Sherzod A’zamov, 27. Islom Rashidxonov (14.SHarof Muhitdinov, 73), 34. Farruh Sayfiyev, 69. Dragan Cheran.
"Navbahor": 30.Asilbek Amanov, 7.Oybek Qilichev, 8.Ravshan Xursanov (95.Timur Tolipov, 88), 17.Ilhom Boydedayev, 19.Mirzohid G‘ofurov, 20.Alisher Mirzayev, 21.A’zam Aliyev, 32.Jahongir Mehmonov, 44.Darko Stanoyevich, 77.Aziz Turg‘unboyev (25.Ilhom Aliboyev, 89), 84.Nemanya Yovanovich.
Gollar: D. Cheran (23, 81 pen.), SH. Erkinov (82), A. Shorahmedov (87)
Ogohlantirish: A. Mirzayev (54)
Chetlatish: A. Mirzayev (63, ikkinchi ogohlantirish).

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:00, 25.06.2017.
O'qildi: 5988 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.