Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Ramos «Real» bilan yangi shartnoma imzolaydi va klub rekordini o‘rnatishi mumkin

Ramos «Real» bilan yangi shartnoma imzolaydi va klub rekordini o‘rnatishi mumkin

Baho:
+ | -

"Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres ma’lumot berishicha, Serxio Ramos yaqin kunlarda "Real" bilan yangi shartnoma imzolaydi. Kelishuv 2021 yilga qadar amalda bo‘ladi.

Yangi shartnomada futbolchining maoshi oshiriladimi yoki yo‘qmi, hozircha bu noma’lum. 31 yoshli himoyachining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning yoziga qadar tuzilgandi.

Qo‘shimcha sifatida shuni ta’kidlash lozimki, Serxio Ramos "Real" afsonasi Manolo Sanchisning rekordini yangilashi mumkin. Manolo Sanchis "qaymoqranglilar" safida 18 mavsum to‘p surgan. Serxio Ramos ushbu natijani yangilashi uchun 37 yoshigacha "Real"da o‘ynashi lozim.

Serxio Ramos 2005 yilda "Sevilya"dan "Santyago Bernabeu"ga ko‘chib o‘tgandi. Bu davr mobaynida u "qaymoqranglilar" safida 522ta o‘yinda maydonga tushib, 68ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 11:36, 26.06.2017.
O'qildi: 7169 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик