Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Yemelyanenko: "Mitrion bilan revansh jang o‘tkazishni istayman"

Yemelyanenko: "Mitrion bilan revansh jang o‘tkazishni istayman"

Baho:
+ | -

Rossiyalik yakkakurashchi Fyodor Yemelyanenko Bellator 180 turnirida Mett Mitrion bilan kechgan jangda nokautga uchragach, raqibini revanshga chaqirdi.

"Men Mitrion bilan revansh o‘tkazishni istardim, chunki jang ikki tomonlama yaxshi kechayotgandi, shunchaki Mett ertaroq o‘zini tiklab oldi.

Bugungi mag‘lubiyatga keladigan bo‘lsak, jangga bor kuchimni ishga solib tayyorgarlik ko‘rdim, shunday ekan, menda imkon bor edi, tayyorgarlik jarayonida hech narsani o‘zgartirmagan bo‘lardim. Men xuddi shu murabbiy rahbarligi ostida va xuddi shu sparring-sheriklarim bilan tayyorlangan bo‘lardim", - dedi Yemelyanenko turnirdan keyingi matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, amerikalik Mett Mitrionga qarshi jang qilgan rossiyalik sportchi 74-soniyadayoq mag‘lubiyatga uchradi. Har ikki sportchi bir-biriga nokdaunga tushirib qo‘yadigan zarba berdi. Bunda Mett raqibidan tezroq o‘ziga keldi va uni bir yo‘la nokautga uchratgan edi.

Nyu-Yorkdagi jangga qadar 38 yoshli Mitrion 12 ta jangda zafar quchgan bo‘lib, 11 tasida raqiblarini nokaut qilgan va 5 ta jangni boy bergandi. Yemelyanenko esa ayni paytda 40 yoshda.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 21:56, 27.06.2017.
O'qildi: 5122 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.