Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Dani Alves «Yuventus»dan ketayotganini e’lon qildi

Dani Alves «Yuventus»dan ketayotganini e’lon qildi

Baho:
+1 | -

Himoyachi Dani Alves «Yuventus»ni tark etayotganini e’lon qildi.

«Men «Yuventus»ning barcha muxlislari, jamoadoshlarim, klubda ishlayotgan professionallarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bir yillik faoliyatim davomida birgalikda yutuqlarga erishdik, Chempionlar ligasida finalgacha yetib bordik.

Jamoa yanada yaxshiroq bo‘lishi uchun bor kuch va ehtirosimni berdim. Bu esa jamoaga va muxlislarga bo‘lgan hurmatimni bildiradi. «Yuventus» muxlislaridan uzr so‘ramoqchiman. Ular o‘zlarini haqoratlangan deb o‘ylayotgan bo‘lishlari mumkin. Lekin menda hech qachon bunday maqsad bo‘lmagandi. Shunchaki, bu mening hayot tarzim — kutilmaganda qaror qabul qilaman. Buni har bir odam tushunadi. Albatta, men ideal shaxs emasman, ammo yuragim toza.

Bugun professional munosabatlarimiz yakuniga yetmoqda. «Yuventus»ni buyuk klubga aylantirishga harakat qilayotganlarning bir qismini o‘zimda saqlab qolaman. Bilasiz, bu mening aybim — hamisha o‘ylagan narsamni gapiraman.

Menga berilgan imkoniyat uchun janob Marottaga rahmat aytishim kerak. U haqiqiy professional va o‘z ishini juda yaxshi ko‘radi. Men futbolni faqat pul uchun o‘ynamayman. Futbolga bo‘lgan muhabbat tufayli unda ishlayotganlarni hurmat qilaman.

Men klubga qo‘shgan hissamdan aql bilan foydalanishingizni istayman. Men futbolni yaxshi ko‘raman. Pul esa meni qayergadir yo‘l olishga majbur qila olmaydi», – deya yozdi Alves.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:07, 28.06.2017.
O'qildi: 6216 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик