Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 20:00 Dinamo 0-1 Olimpik
14/06 23:59 Germaniya - Shotlandiya
15/06 18:00 Vengriya - Shveysariya
15/06 21:00 Ispaniya - Xorvatiya
15/06 23:59 Italiya - Albaniya

Davron Fayziyev: “Ishlashda, harakat qilishda davom etamiz”

Davron Fayziyev: “Ishlashda, harakat qilishda davom etamiz”

Baho:
+ | -

Oliy liganing 15-turida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi “Buxoro”ni qabul qildi va 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

O‘yindan so‘ng “So‘g‘diyona” bosh murabbiyi Davron Fayziyev matbuot anjumanida qatnashdi.

"Avvalambor, barcha yurtdoshlarimizni ulug‘ bayramimiz Hayit bayrami bilan tabriklayman. Yurtimiz doimo tinch bo‘lsin.

Bugungi o‘yin haqida gapiradigan bo‘lsak, bahs qiziqarli bo‘ldi. Biz yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olmadik. Bu degani biz jamoaga yaxshi hujumchi qidirishimiz kerak. Birinchi davrani yaxshi tugatmadik. Ikkinchi davrada qanday o‘zgarish bo‘ladi bilmadim. Bu haqda rahbariyat bilan bir qarorga kelamiz. O‘zgarish bo‘lishi aniq. Futbolchilarda ham, o‘zimizning ish uslubimizda ham albatta o‘zgarish bo‘ladi. Yigitlar bugun borini berib o‘ynashdi. Faqat ko‘plab imkoniyatlardan foydalana olmadik.

Ikkinchi davra biz uchun og‘ir kechadi. Turnir jadvalidagi o‘rinlar buni aytib turibdi va biz ikkinchi davraga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz. Jamoadan kimlar ketadi, kimlar qoladi men buni oldindan ayta olmayman. Tarkibga yangi futbolchilar kelib qo‘shilishi aniq. Hayot davom etadi. Biz faqat oldinga yuramiz. Mag‘lubiyatdan so‘ng bundan fojea yasash yoki tushkunlikka tushish noto‘g‘ri. Hozir futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash kerak bo‘lgan vaqtimiz. Biz birinchi davrani bunday tugashini xohlamagandik. Yaxshi kayfiyatda tugatmoqchi edik. Aksi bo‘lib chiqdi. Ishlashda, harakat qilishda davom etamiz", — dedi Fayziyev.

Manba: fcsogdiana.uz
Kiritildi: 21:17, 29.06.2017.
O'qildi: 3387 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.