“Barselona” bugun Neymarning narxi oshganini e’lon qildi. Bu haqda “Marca” nashri xabar tarqatdi.
Braziliyalik futbolchi o‘tgan yilning oktyabr oyida Kataloniya klubi bilan yangi 5 yillik shartnomaga imzo chekkandi. Unda Neymarning narxi yildan-yilga oshishi ko‘rsatib o‘tilgan. Shunga ko‘ra, bu yili futbolchining transfer narxi 200 million yevrodan 222 million yevroga ko‘tarildi. Keyingi yili esa bu summa 250 million yevroni tashkil etadi.