Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

“Lokomotiv” – Oliy ligada eng ko‘p gol urib, eng kam o‘tkazgan jamoa

“Lokomotiv” – Oliy ligada eng ko‘p gol urib, eng kam o‘tkazgan jamoa

Baho:
+ | -

Toshkentning “Lokomotiv” klubi Oliy Liga 2017 yilgi mavsumi birinchi davra o‘yinlarini yakunladi.

Ta’kidlash joizki, 15 ta uchrashuvdan so‘ng “Lokomotiv” 11 ta g‘alaba, 2 ta durang hamda 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan holda 35 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Jamoamiz 36 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi. O‘z darvozamizdan esa 10 martagina to‘p o‘tkazib yubordik. Bu esa Oliy Ligadagi ayni paytda eng yaxshi natija bo‘lib turibdi. Ya’ni gol urish bobida ham, eng kam gol o‘tkazib yuborish borasida ham “Lokomotiv” yetakchilikni qo‘lga olgan.

“Loko” faqatgina “Sho‘rtan” hamda “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuvlarda raqib darvozasiga gol kirita olmadi. Jamoamizning eng yirik hisobdagi g‘alabasi esa “Obod” ustidan 8-tur o‘yinlari doirasida qo‘lga kiritildi. Gollarga boy tarzda kechgan o‘sha bellashuvda amaldagi chempionlar “Obod” darvozasiga javobsiz 7 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

Marat Bikmayevning Oliy Liga to‘purarlar ro‘yxatida 13 ta gol bilan yakka peshqadamlik qilayotganini ta’kidlash joiz. U 13 ta golning 4 tasini penaltidan kiritgan.

Jaloliddin Masharipov esa 5 ta gol (1 ta penaltidan) kiritib, jamoamizning ikkinchi to‘purari bo‘lib turibdi. Undan keyingi o‘rinda Murod Bobojonov 4 ta gol bilan bormoqda.

Temur Kapadze, Ikrom Aliboyev hamda Sardor Mirzayev 3 martadan raqib darvozasini ishg‘ol etishgan. Islom To‘xtaho‘jayev, Diyor Turopov, Kaxi Maxaradze, Salamat Qutiboyev va Azizbek Amonov bir martadan to‘p kiritishga erishdi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 19:08, 01.07.2017.
O'qildi: 3431 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик