Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

“Andijon” Oliy ligaga qaytadimi? Birinchi davra yakunlari

“Andijon” Oliy ligaga qaytadimi? Birinchi davra yakunlari

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Birinchi ligasida ham dastlabki davra o‘yinlari yakuniga yetib, jamoalar tanaffusga yo‘l oldi.

Joriy mavsumning o‘zidayoq yana kuchlilar safiga chiqishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ygan “Andijon” birinchi davraning so‘nggi 7 turida qayd etgan qoniqarsiz natijasi sababli qimmatli ochkolarni boy berdi.

Natijada “burgutlar” turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. Chempionatda avvaliga mahalliy murabbiy Vitaliy Legay boshchiligida start olgan andijonliklar birinchi davra yakuniga yetishiga 3ta tur qolganida Usmon Toshevni bosh murabbiy etib tayinlashga qaror qildi.

Birinchi davrada jamoa safida xarakat qilgan eng keksa futbolchi bu – Anvar Berdiyev bo‘ldi. Yaqinda 39 yoshni qarshi olgan tajribali hujumchi mashg‘ulotda va o‘yin chog‘ida yoshlar bilan tengma-teng javlon urayotgani tahsinga loyiqdir. Shuningdek Berdiyevning boy tajribasi “Andijon”ga juda qo‘l kelmoqda deyish mumkin. Boisi Anvar birinchi davrada raqiblar darvozasiga 9ta to‘p kiritib, jamoasining to‘purariga aylandi.

Aksincha birinchi davrada “Andijon” tarkibida xarakat qilgan eng yosh futbolchi esa Abdulaziz Yoqubov bo‘ldi. Shahrixonlik iqtidor egasi yaqinda 18 yoshga to‘ladi. Chap qanot himoyasi va yarim himoyasida to‘p surgan Yoqubov O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga ham nomzod futbolchi sanaladi.

Quyida jamoaning ikkinchi bosqichda qayd etgan natijasi bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
O‘yinlar 17
Umumiy gollar 32
Uyda 19 (59,38%)
Safarda 13 (40,62%)
O‘tkazib yuborilgan gollar 18
Uyda 7 (38,89%)
Safarda 11 (61,11%)
Urilgan o‘rtacha gollar 1,88
O‘tkazib yuborilgan o‘rtacha gollar 1,06
Uydagi ochkolar 16/24 (66,67 %)
Safardagi ochkolar 15/27 (55,56 %)
Eng yirik g‘alaba 4:0 – “Xotira-79”
Eng yirik mag‘lubiyat 1:4 – “Nasaf-2”
Gol o‘tkazib yuborilgan o‘yinlar 5 (29,41%)
Golsiz o‘yinlar 1 (5,88%)
Irodali g‘alaba 2
Irodali durang 4
Irodasiz mag‘lubiyat 0
Irodasiz durang 3
Yirik g‘alaba 3
Yirik mag‘lubiyat 1
Avtogol (urilgan/o‘tkazib yuborilgan) 0/0
Ogohlantirish (o‘rtacha) 38 (2,24)
Chetlatish (o‘rtacha) – To‘g‘ridan to‘g‘ri/2-SK 6 (0,35) - 5/1
Muxlislar tashrifi (jami/o‘rtacha) 30418/1789

“Andijon” birinchi davraning 17ta o‘yinida raqiblari darvozasiga jami 32ta to‘p kiritdi. Har bir uchrashuvga o‘rtacha 2tadan gol demakdir. “Burgutlar”ning birinchi davradagi to‘purari Anvar Berdiyev bo‘ldi.
Jamoaning o‘z darvozasidan o‘tkazib yuborgan gollari soni esa 18tani tashkil qilmoqda.

Kim qancha gol urdi?
Futbolchi Gol Pen.
Anvar Berdiyev 9
Shahboz Jumaboyev 7 (2)
Farrux Shotursunov 4 (1)
Qahramon Maxamadjonov 3
Alisher Abduvohidov 2
Muxammadyusuf Abdumajidov 2
Baxtiyor Qosimov 1
Ibrohim Otaxonov 1
Oybek Nurmatov 1
Sanjar Asqaraliyev 1
Shahzod Karimov 1 (1)

Manba: fcandijon.uz
Kiritildi: 10:44, 04.07.2017.
O'qildi: 4294 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.