Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Oliy liga. Dramatik o‘yinda «Bunyodkor» «Nasaf»ni mag‘lub etdi

Oliy liga. Dramatik o‘yinda «Bunyodkor» «Nasaf»ni mag‘lub etdi

Baho:
+1 | -

Oliy liga 3-turning qoldirilgan o‘yini doirasida "Bunyodkor" o‘z maydonida "Nasaf"ni qabul qildi.

Ilk daqiqalardan Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari to‘p bilan ko‘proq muomalada bo‘lgan bo‘lsa-da, hisobni mezbonlar ochishdi. Markaziy himoyada xato natijasida Eldor Shomurodov bahsning 21-daqiqasida hisobni ochdi. E’tiborli tomoni, O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi uchun bu gol Oliy liganing ushbu mavsumidagi ilk gol bo‘ldi.

Qarshiliklar tanaffusga qadar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Bahrom Abdurahimov hujumni boshladi va to‘pni chap qanotdagi Sayfiyevga uzatdi. Farrux yuqoridan yetkazgan uzatmani past bo‘yli Bahromning o‘zi bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limda "qaldirg‘ochlar" yana hisobda oldinga o‘tib olishdi. Shahzodbek Nurmatov 18 metrlardan bergan zarba natijasida to‘p rekoshet holatida mehmonlar darvozasiga borib tushdi. Bahs tugashiga 6 daqiqa qolganida "Nasaf" yana hisobni tenglashtirdi. Jarimadan yetkazilgan uzatmani Dragan Cheran bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi.

O‘yinning so‘nggi daqiqalarida omad tufayli "Bunyodkor" nafaqat mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, balki g‘alabani ham ilib ketdi. Dastlab Kenjaboyevning murakkab zarbasini Zuhurov qiyinchilik bilan qaytargan bo‘lsa, Shahboz Erkinovning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Asosiy vaqtning so‘nggi daqiqasida esa Shomurodov yetkazgan uzatmani hujumga qo‘shilgan Ahmadaliyev bosh bilan "Nasaf" darvozasiga joyladi.

Ushbu g‘alaba tufayli "Bunyodkor" o‘z ochkolarini 21taga yetkazdi va jadvalda 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Nasaf" esa 26 ochko bilan birinchi davrani 3-o‘rinda yakunladi.

Oliy liga, 3-turning qoldirilgan o‘yini
19:00: "BUNYODKOR" - "NASAF" 3:2
Gollar: Eldor Shomurodov (21), Shahzodbek Nurmatov (61), Dilshod Ahmadaliyev (90) — Bahrom Abdurahimov (35), Dragan Cheran (84)
“Bunyodkor”: 25.Murodjon Zuhurov (s), 2.Rustamjon Ashurmatov, 4.Akramjon Komilov, 8.Jovlon Ibrohimov, 9.SHaxzodbek Nurmatov, 10.Eldor Shomurodov, 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Nurillo To‘xtasinov, 21.Dilshodbek Ahmadaliyev, 28.Davronbek Umirov, 29.Otabek Shukurov.
Zaxira: 55.Eldor Adhamov, 15.Farrux Ikromov, 16.Alisher Sanoyev, 20.Sardorbek Azimov,  31.Mirjahon Mirahmadov, 34.Suxrob Izzatov,  97.Javohir Esonqulov.
“Nasaf”: 25.Eldorbek Suyunov, 2.Akmal Shorahmedov, 4.Maqsud Karimov,  6.Aziz G‘aniyev, 10.Dilshod Rahmatullayev, 18.Bahrom Abdurahimov, 20.Islom Kenjaboyev, 22.Igor Golban, 23.SHerzod A’zamov (s), 34.Farruh Sayfiyev, 69.Dragan Cheran.
Zaxira: 35.Snjar Quvvatov, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Sirojiddin Qo‘ziyev, 9.Dilshod Xushbakov, 15.SHaxboz Erkinov, 27.Islom Rashidxonov, 31.Saydullo Rahmatov.
Hakamlar: Ravshan Ermatov (Toshkent), Abduhamidullo  Rasulov, Jahongir Saidov (Toshkent), Dmitriy Klepikov (Toshkent)

JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘lubiyatT-NOchko
1 Lokomotiv 15 11 2 2 36-10 35
2 Qo‘qon-1912 15 7 6 2 23-16 27
3 Nasaf 15 8 2 5 24-14 26
4 Olmaliq 15 6 6 3 12-11 24
5 Paxtakor 15 7 3 5 19-19 24
6 Buxoro 15 7 2 6 25-21 23
7 Bunyodkor 15 5 6 4 16-16 21
8 Mash’al 15 5 5 5 15-13 20
9 Metallurg 15 6 2 7 20-19 20
10 Qizilqum 15 5 5 5 15-16 20
11 Dinamo 15 5 4 6 18-18 19
12 Navbahor 15 4 7 4 16-19 19
13 So‘g‘diyona 15 5 2 8 19-26 17
14 Sho‘rtan 15 5 0 10 14-21 15
15 Neftchi 15 2 5 8 12-25 11
16 Obod 15 2 3 10 10-30 9
Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:57, 04.07.2017.
O'qildi: 9394 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик