Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya

Maxstaliyev va Usmonov «Navbahor»ga o‘tdi

Maxstaliyev va Usmonov «Navbahor»ga o‘tdi

Baho:
+ | -

Joriy yilgi mavsum birinchi davra yakunlariga ko‘ra “Navbahor”ni to‘qqiz nafar futbolchi tark etganligi haqida xabar bergandik. O‘z navbatida bosh murabbiy Ilhom Mo‘minjonovni ketganlar o‘rnini munosib futbolchilar bilan to‘ldirish maqsadida boshqa o‘yinchilar bilan muzokaralarga kirishganligi haqida ham ma’lum qilgandik. Bundan biroz vaqt oldin ikki nafar futbolchini ikkinchi davrani “Navbahor”da o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. Bu yilgi chempionat birinchi qismida Farg‘onaning “Neftchi” sharafini himoya qilgan yarim himoyachi Abbos Maxstaliyev va “Olmaliq” tarkibida to‘p surgan hujumchi Doniyor Usmonov shular jumlasidandir.

Abbos Maxstaliyev muxlislarimizga yaxshi tanish ekanligini aytib o‘tish joiz. Mamlakatimiz o‘smirlar va yoshlar terma jamoalarida munosib ishtirok orqali ko‘pchilik ishqibozlar Abbosni yaxshi bilishadi. Birinchi davrani “Neftchi”da o‘tkazgan 23 yoshli yarim himoyachi 14 ta uchrashuvda maydonga tushganligini qo‘shimcha qilish joiz. 1994 yilning 6 iyul sanasida tug‘ilgan Doniyor Usmonov birinchi davrani “Olmaliq” tarkibida o‘tkazdi. Ushbu hujumchi asosan zaxirada qoldirilganligi sababli atigi uchta uchrashuvda maydonga tusha oldi xolos. Usmonov o‘zining tezkorligi bilan 2015 yilgi mavsumda “Qo‘qon-1912” jamoasida o‘zini ko‘rsatgandi. Shundan so‘ng Toshkentning “Lokomotiv” klubi safiga qo‘shilgandi. 2016 yilgi mavsum birinchi yarmini “Loko”da o‘tkazgan futbolchini ikkinchi davrada “Olmaliq” jamoasiga ijara berilgandi.

Har ikki futbolchi ham bosh murabbiy Ilhom Mo‘minjonov bilan bugun bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida “Navbahor” jamoasiga o‘tishga rozi ekanliklari bildirishgan. Tez orada ushbu o‘yinchilar bilan shartnoma imzolanadi. Shuningdek, muzokaraga kirishilgan boshqa futbolchilarni ham tez orada “Navbahor” a’zosiga aylanishlari kutilmoqda. Kelishuvga erishilgach, jamoamiz a’zosiga aylangan futbolchilar haqida xabar beramiz.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 15:17, 06.07.2017.
O'qildi: 6457 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.