Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

U-22 Three Nations Tournament: O‘zbekiston yoshlar termasi so‘nggi o‘yinda Qatar bilan durang o‘ynadi

U-22 Three Nations Tournament: O‘zbekiston yoshlar termasi so‘nggi o‘yinda Qatar bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Qatar poytaxti Doha shahrida 22 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida U-22 Three Nations Tournament xalqaro turnirini o‘z yakuniga yetdi.

O‘zbekiston yoshlar termasi so‘nggi o‘yinni mezbon Qatar U-22 futbolchilariga qarshi o‘tkazib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. O‘yinning 21-daqiqasida qatarliklar a’zosi Abdulrahmon Fahmi hisobni ochgan bo‘lsa, 36-daqiqada Bobur Abduxoliqov muvozanatni tikladi va uchrashuv yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa, Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-22 terma jamoasi o‘tkazilgan 4 o‘yindan 3 tasida g‘alaba qozondi va 1 ta o‘yinda durang o‘ynadi. O‘zbekistonlik futbolchilar mazkur o‘yindan avval musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu turnir  O‘zbekiston yoshlar termasi uchun 2018 yili Xitoyda bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o‘tadi. Saralash bosqichi shu yilning 15–19 iyul kunlari BAAda bo‘lib o‘tadi.

U-22 Three Nations Tournament
Al Sadd stadioni
5 iyul, chorshanba

Qatar U-22 – O‘zbekiston U-22 — 1:1

Gollar: Abdulrahmon Fahmi (21) – Bobur Abduxoliqov (36)

QatarU-22: Muhammad al-Bakri, Tariq Sulaymon (Assim Madibu, 20), Salah Alavi (Sulton al-Braik, 65), Tamim al-Muhayza, Salim al-Xajri (Bassam Husham, 65), Ahmad Moin, Ahmad Saadi (Meshal Qosim, 76), Abdulrahmon Anad, Abdulrahmon Fahmi (Xolid Munir, 46), Almuaz Ali Abdulla, Abdulloh Abdulsalom (Umar al-Emadiy, 76).

O‘zbekiston U-22: Dilshod Hamroyev (Botirali Ergashev, 63), Abbos Otaxonov, Doston Tursunov (Islom Qobilov, 30), Husniddin G‘ofurov, Doniyor Narzullayev (Bekzod G‘anijonov, 74), Xurshid G‘iyosov (Oybek Rustamov, 63), Jasur Yaxshiboyev (Xojiakbar Alijonov, 63), Abdujamol Isroilov, Sharof Muhiddinov (Javohir Siddiqov, 46), Bobur Abduxoliqov (Suhrob Nurulloyev, 46), Zabihillo O‘rinboyev (Andrey Sidorov, 74).

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 10:04, 07.07.2017.
O'qildi: 6028 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.