Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Xitoy termasi Germaniya chempionatida. Bu qanday g‘oya?

Xitoy termasi Germaniya chempionatida. Bu qanday g‘oya?

Baho:
+ | -

Xitoy yoshlar (U-20) terma jamoasi 2017|2018 yillar mavsumida Germaniyaning janubi-g‘arbiy regional ligasida ishtirok etadi. Shu munosabat bilan «SE» nashri mazkur loyihaning nyuanslariga to‘xtalib o‘tdi.

G‘OYA QANDAY PAYDO BO‘LDI?

Hammasi Germaniya va Xitoyning 2016 yil noyabrda futbol sohasida hamkorlik qilish hujjatini imzolaganidan keyin boshlandi. Kelishuv Germaniya kansleri Angela Merkel va Xitoy rahbari Si Szinpinlar ishtirokida amalga oshirildi. Hamkorlikning dastlabki qismi 5 yil muddatga mo‘ljallangan. Shu loyihaga ko‘ra, Xitoy yoshlar terma jamoasining Germaniya regional ligasida qatnashishi oydinlashdi.

BU QANDAY BO‘LADI?

Chin yurti vakillari konkursdan tashqari bellashishadi, ya’ni rasmiy turnir jadvaliga Xitoy termasining natijalari qo‘shilmaydi. Lekin har bir turda jamoa bittadan nazorat o‘yini o‘tkazadi. Germaniya janubi-g‘arbiy ligasida 19ta jamoa bor. Bu esa xitoyliklarga har bir turda bittadan o‘yin o‘tkazish imkonini beradi. Shu tariqa osiyoliklar butun mavsumni Germaniyada o‘tkazishadi. Taxminlarga ko‘ra, jamoa Geydelberg yaqinidagi bazalardan biriga joylashadi. Xitoy termasi o‘z stadioni bo‘lmagani bois, barcha uchrashuvlarni raqiblar maydonida o‘tkazadi.

MAHALLIY JAMOALARGA QANDAY NAF?

Janubi-g‘arbiy regional ligadagi har bir klub xitoyliklar bilan ikkitadan o‘yin tashkillashtirgani uchun 15 ming yevrodan oladi. Shuning­dek, chiptalar va marketingdan tushadigan pullar ham o‘zlariga qoladi. Albatta, bunday o‘yinlar jamoalar uchun kerak. Chunki turda dam olgan aksariyat klublar turnir ritmidan chiqib ketmaslik uchun sparring-raqib qidirishadi.

XITOYLIKLARGA-CHI?

Xitoy termasi rahbarlari olmon o‘lkasidagi doimiy o‘yin amaliyoti orqali jamoani 2020 yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga ko‘ngildagidek tayyorlashni maqsad qilishgan. Shu o‘rinda aytish joiz, Germaniya to‘rtinchi divizionining saviyasi ancha baland. Misol uchun, ushbu liga vakili «Valldorf» (mavsumda 11-o‘rinni egalladi) mamlakat kubogi bahslarida bundesliga jamoasi «Darmshtadt»ni musobaqadan chiqarib yubordi. Bundan tashqari, «Valdxof», «Saarbryukken», «Kikkerz Offenbax», «Ulm», «Shtutgarter Kikkerz», «Xomburg» (joriy mavsum yakunida 5-divizionga tushib ketdi) kabi jamoalar o‘z vaqtida Germaniya futboli elitasida o‘ynashgan.

TARAFDORLAR BORMI?

Germaniya futbol ittifoqining ma’lum qilishicha, to‘rtinchi divizion klublari bunga ijobiy munosabatda bo‘lishgan. Jumladan, «Shtutgart» yoshlar jamoasi (janubi-sharqiy regional ligada o‘ynaydi) rahbari Mark Kinle shunday dedi: «Turda dam olgan paytlarimizda shundoq ham nazorat bahsi uchun raqib izlaymiz. Endi esa taqvimda ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etiladi. Boz ustiga, o‘yinni o‘tkazish uchun boshqa shaharga borishimizga hojat yo‘q».

«Kikkerz Offenbax» direktori Kristofer Fiori esa, xitoyliklarga qarshi tashkillanadigan bellashuvlar orqali jamoalar yaxshigina daromad qilishlari mumkinligini ta’kidladi.

KIM NOROZI?

Albatta, bunga tanqid ko‘zi bilan qaraganlar ham uchradi. Xususan, «Valdxof» (Mangeym) vakillari xitoyliklarga qarshi o‘ynamasliklarini ma’lum qilishdi. Bu borada klub rahbari Markus Kompp quyidagilarni gapirib o‘tdi: «Bunday uchrashuvlar marketing borasida foydali bo‘lishi mumkin. Biroq regional aloqalarni buzmaslik kerak. Klublarda bundanda muhimroq muammolar bor. Masalan, «Valdxof» xitoyliklar bilan o‘ynagandan ko‘ra, «Pirmazens»ga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazishni ma’qulroq, deb biladi. Bu jamoa qolgan beshta klub bilan birga quyi ligaga tushib ketdi».

Albatta, «Pirmazens»dagilar ham yangi kelishuvdan norozilar. Klub rahbaridan biri Kristof Radtke Zeit Online nashriga bergan intervyusida «Oltita jamoa quyi divizionga tushib ketdi. Germaniya futbol ittifoqi esa Xitoy termasini qo‘shmoqda. Biz mazkur qarorni qabul qilishga majburmiz, lekin bu - haqiqiy kapitalizm»,-dedi. Ushbu tanqidga boshqa klublar ham qo‘shilishdi.

YAKUNIY QAROR QACHON QABUL QILINADI?

Umuman olganda, xitoyliklarning regional ligadagi ishtiroklari borasida muzokaralar davom etmoqda. Shartnoma hozircha imzolanmadi. 11 iyul kuni regional liga menejerlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda barcha masalaga oydinlik kiritilib, 28 iyul kuni boshlanadigan mavsum taqvimi ham aniqlanadi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:04, 07.07.2017.
O'qildi: 9878 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.