Toshkent viloyatining «Olmaliq» klubi safiga ikki nafar futbolchi qo‘shildi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, Malayziya chempionatida o‘ynagan yarimhimoyachi Lutfulla To‘rayev va hujumchi Farhod Tojiyev ikkinchi davrada «Olmaliq» sharafini himoya etadi.
Har ikki futbolchi bugun jamoaning Belarus poytaxti Minskda davom etayotgan o‘quv-yig‘iniga yetib borgan.