Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Milan 1-1 Roma
30/12 22:30 Komo 2-0 Lechche
31/12 00:45 Bolonya - Verona
31/12 00:45 Ipsvich - Chelsi
31/12 00:45 Aston Villa - Brayton
31/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl

"Sho‘rtan": Bosh murabbiy yo‘qligi vaqtincha holat

"Sho‘rtan": Bosh murabbiy yo‘qligi vaqtincha holat

Baho:
+ | -
Shu kunlarda Respublikamizda faoliyat olib borayotgan ko‘pgina OAVda futbol bo‘yicha O‘zbekiston Chempionati Oliy ligasida ishtirok etayotgan “Sho‘rtan” PFK xususida bir qator turli fikr va mulohazalar bitilgan maqolalar chop etilmoqda.

Ulardagi asosiy mavzu klubimiz bilan yuzaga kelgan muammolar yechimi va “Oq bo‘rilar”ning ikkinchi davraga tayyorgarligi, shuningdek keyingi faoliyatimiz qanday kechishi to‘g‘risida bormoqda. Biz ushbu maqolamiz orqali saytimiz o‘quvchilari, “Sho‘rtan”ning ko‘p ming sonli muxlislari va Respublika miqyosida faoliyat ko‘rsatadigan shu soha mutaxassislari, OAV vakillariga quyidagilarni ma’lum qilmoqchimiz:

Avvalo, muammolar haqida gap ketganida, bugungi kunda bu holat nafaqat “Sho‘rtan”, balki boshqa jamoalarda ham kuzatilayotganligini tan olishimiz kerak. Faqat uning darajasi har qaysi klubda turlicha ko‘rinishda bo‘ladi. Muammolar yechimini ham har bir jamoa o‘z bilganicha hal qiladi. Shu jumladan bizning “Sho‘rtan” klubimiz ham bu borada o‘z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib va birinchi navbatda ishonchli bosh homiymiz – “Sho‘rtanneftgaz” MCHJ ko‘magiga tayanib ish olib bormoqda. Aynan mana shu masala yuzasidan kuni kecha klubimizning yangi tayinlangan Bosh direktori Kamoliddin Ergashevich Rahimov ham yig‘ilib qolgan savollarga saytimiz orqali to‘la-to‘kis, aniq va ravshan javob berdi.

Shuning uchun tashqaridan turib, nima bo‘ladi?, qanday bo‘ladi? kim yordam beradi? qabilidagi gap-so‘zlarni ko‘paytirish, o‘quvchilar ommasining fikrini chalg‘itish o‘rinsiz va mantiqsiz holat deb bilamiz.

O‘z o‘rnida ta’kidlab o‘tishimiz kerak, ayni paytda jamoada ikkinchi davraga tayyorgarlik bo‘yicha aniq reja asosida qizg‘in ish olib borilmoqda. Malakali mutaxassislar – Vitaliy Legay hamda Gennadiy Kochnev qo‘l ostida tajribali futbolchilar bilan bir qatorda mahalliy iste’dodlar, o‘rinbosarlar tarkibida o‘z o‘yinlari bilan murabbiylar ishonchini qozonib kelayotgan umidli yoshlar ham mashg‘ulotlar jarayonida faol ishtirok etishmoqda. 11 iyul sanasida esa O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi musobaqalarni o‘tkazish Reglamantiga asosan “Sho‘rtan” jamoasining murabbiylar guruhi va futbolchilari Toshkentdagi Respublika Sport tibbiyot ilmiy-amaliy markazida o‘z sog‘liklarini ko‘rikdan o‘tkazishadi.

Yana bir eng asosiy mavzu bu – bosh murabbiy masalasi. To‘g‘ri, hozircha jamoada ushbu o‘rin bo‘sh turibdi. Lekin bu vaqtincha holat. Hech kimga sir emas, o‘zbek futbolida “Sho‘rtan”ning o‘z o‘rni, mustahkam mavqei, obro‘-e’tibori bor va bundan keyin ham shunday bo‘ladi. Shuning uchun ham “Oq bo‘rilar” jamoasini boshqarishni o‘ziga munosib va sharaf deb biladigan mutaxassislar mamlakatimizda yetarlicha topiladi. Shu kunlarda bir qator nomdor, malakali murabbiylar klub rahbariyatining e’tiborida turibdi. Nomzodlar bilan qizg‘in muzokaralar olib borilmoqda. Tez orada kun tartibidagi ushbu muhim masala ham o‘z yechimini topadi. Voqealar rivojini kuzating va biz yangiliklarni saytimiz orqali yoritib boramiz.

Manba: fcshurtan.uz
Kiritildi: 23:15, 09.07.2017.
O'qildi: 3323 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.