«Bavariya»ning portugaliyalik yarimhimoyachisi Renatu Sanshesh boshqa jamoaga o‘tib ketishi mumkin.
Klub rahbari Karl-Xayns Rummenigge bu haqda Kicker nashriga xabar bergan.
«Transfer kompaniyamiz yakunlangach, Renatu haqida bir qarorga kelamiz. Hozircha ikki variant bor: uni ijaraga berish yoki qoldirish. Unga o‘yin amaliyoti kerak. So‘nggi yarim yilda u juda kam maydonga tushdi. U ham, biz ham bu holatdan norozimiz» - dedi Rummenigge.
Avvalroq, «Yuventus» Sansheshni ijaraga olmoqchi ekani haqida xabarlar chiqqan edi.