Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Lokomotiv” Minskda mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda

“Lokomotiv” Minskda mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda

Baho:
+ | -

“Lokomotiv” Oliy Liga ikkinchi davrasiga hozirlik jarayonini davom ettirmoqda.

Jamoa ayni paytda Belarus poytaxti Minsk shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etmoqda. Kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Mashg‘ulotlarda jami 24 nafar futbolchi qatnashmoqda.

Bugun ham Minsk futbol akademiyasi maydonida mashg‘ulot o‘tkazildi. Unda dastlab barcha yengil yugurib oldi. So‘ngra chigalyozdi mashqlari o‘taldi. Keyin esa bor e’tibor to‘p bilan muomala hamda taktik mashqlarga qaratildi.

Ertaga “Lokomotiv” Minsk yig‘ini doirasidagi ilk nazorat uchrashuvini o‘tkazadi. Unda jamoaga Mogilyov shahrining “Dnepr” klubi raqiblik qiladi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 19:12, 13.07.2017.
O'qildi: 4105 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик