Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Gvardiolaga xiyonat qilgan Dani Alves. Uni xotini yo‘ldan urdimi?

Gvardiolaga xiyonat qilgan Dani Alves. Uni xotini yo‘ldan urdimi?

Baho:
+ | -

Gvardiola Dani Alvesning harakatidan darg‘azab bo‘ldi va uni xoin deb atadi.

«Manchester Siti» rahbariyati Dani Alvesning «PSJ» klubini tanlagani uchun undan qattiq norozi bo‘ldi.

Braziliyalik futbolchi avvaliga «shaharliklar» jamoasi tarkibiga qo‘shilishga va’da bergan edi. Biroq, oxirgi kunda qarorini o‘zgartirib, «PSJ» bilan shartnoma imzoladi.

Marca xabariga ko‘ra, Alvesning bu harakatidan «Manchester Siti» bosh murabbiyi, uning «Barselona»dagi sobiq ustozi Xosep Gvardiola hamda «Barselona»ning sobiq vakili, hozirda manchesterliklar jamoasi sport direktori bo‘lib ishlayotgan Chiki Begiristayn qattiq norozi bo‘lgan.

O‘tgan haftaning juma kunida Gvardiola va Alves Barselonada uchrashib, birga tushlik qilishgandi. O‘shanda tomonlar Angliyada yana hamkorlikda ishlashga kelishishgan.

Ko‘p o‘tmasdan Dani Alves «Yuventus» bilan shartnomani uzdi va hamma uning «Manchester Siti»ga borib qo‘shilishini kuta boshladi.

Uning «shaharliklar» bilan kelishuvga erishgani haqida o‘tgan oydayoq yoza boshlashgandi. U o‘shandayoq shartnoma tuzishi mumkin bo‘lgan, ammo ta’tilni o‘tkazish uchun vataniga ketgan. U okean ortidan qaytgach, Barselonada Gvardiola bilan suhbatda bo‘ldi, 4 kun o‘tib esa Parij jamoasida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.

Bu to‘rt kun ichida u Ibisada ispaniyalik Xoana Sans bilan turmush qurishga ham ulgurdi. Aynan shu ayol 

Davomi

Manba: mazmun.uz
Kiritildi: 22:39, 13.07.2017.
O'qildi: 13478 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.