Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

«Navbahor» klubiga yangi prezident tayinlandi

«Navbahor» klubiga yangi prezident tayinlandi

Baho:
+ | -

13 iyul kuni "Navbahor" klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi va futbolchilar Namangan viloyat hokimi qabulida bo‘lishdi. Namangan viloyat hokimligining kichik majlislar zalida tashkil etilgan marosimda jamoa a’zolaridan tashqari viloyatdagi homiy tashkilot rahbarlari ham ishtirok etishdi.

Marosim avvalida so‘z olgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol federasiyasi prezidenti Xayrulla Hayitboyevich Bozarov so‘z oldi. Viloyat hokimi yig‘ilishdan asosiy maqsad "Navbahor" futbol klubiga yangi prezident tayinlash va ikkinchi davrani munosib tarzda o‘tkazishni ta’minlashdan iborat ekanligini bildirdi. Bozarov yaqinda Namangan shahar hokimi sifatida ish boshlagan Shavkatjon Shokirdjanovich Abdurazzoqovni klub prezidenti sifatida yig‘ilganlarga tanishtirdi. Viloyat hokimi klub prezidentining faoliyatini muvaffaqiyatli chiqishi bilan bir qatorda faoliyatiga omad tiladi.

So‘zga chiqqan klub prezidenti Shavkatjon Abdurazzaqov  birgalikda "Navbahor" jamoasini yuksak o‘rinlarga olib chiqishdan umidvorligini bildirdi. Shuningdek, notiq o‘z so‘zida millionlar o‘yiniga befarq emasligini, yoshlik chog‘ida futbol bilan shug‘ullanganligini aytib, jamoa ravnaqi va muxlislarni hursand qilish uchun hamjihatlikda ish olib borilishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov so‘zga chiqib, jamoaning birinchi davradagi ishtiroki haqida so‘z yuritib, ikkinchi davraga olib borilayotgan tayyorgarlik jarayoni haqida axborot berdi. Mo‘minjonov ikkinchi davrani munosib tarzda o‘tkazib jamoa muxlislarini hursand qilish asosiy maqsad ekanligini bildirdi. Aynan shu maqsadda tarkibga Abbos Maxstaliyev, Doniyor Usmonov, Murod Rajabov va Mirzohid Mamatxanovlarni taklif etilganligini aytib, futbolchilarni yig‘ilganlarga tanishtirdi. O‘z navbatida murabbiy tarkibga yangi o‘yinchilarni jalb etish borasida muzokaralar davom etayotganligini qo‘shimcha qildi.

Bosh murabbiyning so‘zlarini tinglagan viloyat hokimi jamoaga mahoratli hujumchi jalb etish kerakligini uqtirdi. Murabbiy bunga javoban bu borada ham muzokaralar davom etayotganligini aytib, birinchi davrani jarohat tufayli to‘liq o‘tkaza olmagan Ro‘zimboy Ahmedovni safga qaytganligi sababli jamoada olib qolganligini bildirdi.

Viloyat hokimi Xayrulla Bozarov jamoaning birinchi davradagi ishtiroki haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: -  Maydonda futbolchilar chiroyli va mazmunli o‘yin namoyish etishlari lozim. Raqib darvozasiga bitta gol urib, yutuqni ushlab qolish maqsadida harakat qilishni noto‘g‘ri deb o‘ylayman. Chiroyli o‘yin namoyish qilib taktik usullarni qo‘llab g‘alaba sari intilish o‘yingohni to‘ldirib o‘tirgan muxlislarga quvonch baxsh etadi. Shundan kelib chiqqan holda yutuq uchun mazmunli o‘yin orqali intilish kerak. Birinchi davrada jamoaning urgan gollari soni ancha kam bo‘ldi. Kombinasion xatti-harakatlar orqali nafaqat gollar sonini balki yutuqlarni ham oshirish mumkin. Tajribali futbolchilar maydonda yetakchilikni qo‘lga olib jamoani munosib tarzda to‘p surishini ta’minlashi lozim. Oldingi yillarda jamoaga bo‘lgan e’tibor u qadar kuchli bo‘lmagandi. Bu yildan vaziyat o‘zgardi. Homiylarimiz "Navbahor"ni chempionatda munosib ishtirok etishi uchun yordam berib kelishmoqda. Buning uchun homiylarimizga katta rahmat. Futbolda moddiy ta’minot muhim sanaladi. Doimiy ravishda jamoalar moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlangan. O‘zbek futboliga ham xorijiy investorlarni kirib kelayotganligiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Vaqti kelib "Navbahor"ga ham xorijdan homiylar topilar. "Navbahor" xalq jamoasi, shunday ekan hozircha mahalliy homiylar ko‘magida jamoani ko‘tarishga harakat qilamiz. Bunga javoban futbolchilar maydonda munosib o‘yin ko‘rsatib bildirilgan ishonchni oqlashlari kerak. Ikkinchi davrada "Navbahor"ga omad yor bo‘lsin, - deya Bozarov o‘z so‘zini yakunladi.

Yig‘ilish so‘nggida futbolchilar nomidan Dilshod Jabborov yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirib, ikkinchi davrada rahbariyat va muxlislar ishonchini oqlash uchun astoydil harakat qilishlarini aytib o‘tdi.

Samimiy ruhda o‘tgan yig‘ilish shu asnoda yakunlandi.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 08:27, 14.07.2017.
O'qildi: 4807 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.