«Tottenhem»dan «Manchester Siti»ga o‘tgan himoyachi Kayl Uoker o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Judayam hayajonlanyapman va yangi mavsum boshlanishini sabrsizlik bilan kutmoqdaman.
Xosep Gvardiola – dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri. U meni yanada yuqori saviyaga ko‘tarilishimga yordam beradi» - dedi Uoker klub rasmiy saytining xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Uoker «Manchester Siti»ga 50 mln funt evaziga o‘tdi va tarixdagi eng qimmat ingliz futbolchisiga aylandi.