Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Maktabdagi futbolmi yoki futboldagi maktab? Yoxud o‘zbek futbol maktablari haqida

Maktabdagi futbolmi yoki futboldagi maktab? Yoxud o‘zbek futbol maktablari haqida

Baho:
+ | -

Ko‘pchiligimiz maktab futboli orqali millionlar o‘yiniga mehr qo‘yganmiz. Mamlakatimizda ta’lim sohasida jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda, futbol maktablari soni ortmoqda. Ushbu ta’lim maskani o‘quvchilari xalqaro turnirlarda qatnashishyapti, o‘z kelajaklarini qurishyapti. Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 7 avgustdagi 173-son Qarori bilan tasdiqlangan «Futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari to‘g‘risida»gi Nizom maktabdagi futbolni rivojlantirish uchun emas, aksincha, futbol maktablari sifatini yanada oshirish yo‘lidagi huquqiy asosdir.

Muqaddima

XXI asr boshida futbol nashrlari orqali Ukraina maktablarida futbol darslari kiritilgani haqida ma’lumot berilgandi. Ayni payt Sloveniya, Xorvatiya va Serbiyada ham umumiy ta’lim tizimida sportning ushbu turi amalda qo‘llanmoqda. Yevropada shunday o‘quv yurti tarbiyalanuvchilarga alohida futbolchi pasporti ajratilib, xalqaro reestrga kiritilyapti. Mabodo, o‘zbekistonlik yosh iqtidor sohiblari ushbu mamlakatlarga borishsa, ulardan ham shu kabi hujjatlar so‘raladi.

Qit’amizdagi ahvolga nazar sol-ganda, Xitoy va Qatar mavzusiga to‘xtalib o‘tmasak bo‘lmaydi. Bugun Chin yurtida butun boshli fubol akademiyalari tashkil etilib, ularning bitiruvchilari terma jamoaga munosib ravishda tayyorlanishi uchun istalgan sharoit yaratib berilyapti. Qatar esa butun mamlakat bo‘ylab futbol maktablari tizimini yarata olmaydi. Chunki aholisining to‘rtdan bir qismini hindlar tashkil etuvchi bu kichik davlatda futbolchilar sanoqli, professional o‘yinchiga aylanish ortiqcha qiyinchiliksiz amalga oshadi.

Maqsadlar ulkan

Futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internat iqtidorli bolalarni tanlab olishni va umumiy o‘rta ta’lim davlat standartlariga muvofiq ta’lim jarayonini, keyinchalik olimpiya zaxiralari kollejlarida o‘quv-trenirovka jarayonini davom ettirish uchun iqtidorli va iste’dodli bolalarni tayyorlashni, shuningdek ularning futbol bo‘yicha respublika yoshlar va o‘smirlar terma komandalarida va boshqa komandalarda ishtirok etishini ta’minlaydi.

Maktablar qanday tashkil etiladi?

Futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internat muassis tomonidan Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tadi.

Xalq ta’limi vazirligi (respublika muassasalari uchun), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internatning muassislari bo‘lishi mumkin.

Bu turdagi ta’lim muassasalari jalb etilgan barcha o‘quvchilar kontingentini belgilangan sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq o‘quvchilarning o‘qishi va yashashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan holda o‘quvchilarning sport tayyorgarligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya jarayoni kompleksi bilan qamrab olish maqsadida tashkil etiladi.

Futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internat jismoniy jihatdan tayyorlangan, futbolga qobiliyati bo‘lgan, umumta’lim maktabining 4-sinfini tugatgan (10-11 yosh) va tanlov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilardan to‘ldiriladi.

Qayerga futbol maktabi kerak?

Xalq ta’limi boshqarmalari joylarga borib, futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning o‘quv, moddiy-texnika va sport bazasini hamda boshqa ko‘rsatkichlarini o‘rganadilar. Keyin ular kompleks o‘rganish natijalariga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda Xalq ta’limi vazirligiga futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etish to‘g‘risida taklif kiritadilar.

Xalq ta’limi vazirligining tegishli xulosasi asosida futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etish to‘g‘risidagi Qarorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, respublika muassasalari uchun esa - Xalq ta’limi vazirligi tomonidan qabul qilinadi.

O‘quv-tarbiya va mashg‘ulot (trenirovka) jarayoni sifati bo‘yicha muayyan natijalarga erishmagan futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar Xalq ta’limi vazirligi taqdimnomasi bo‘yicha umumiy tipdagi umumta’lim muassasalariga qayta ixtisoslashtiriladi.

Asosiy vazifalar nimadan iborat?

Futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internatning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

- bolalar-o‘smirlar sportini rivojlantirish uchun ishonchli zaxirani shakllantirish va zarur shart-sharoitlar yaratish, iste’dodli va iqtidorli bolalarni sportga jalb etish;

- iste’dodli va iqtidorli bolalarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash, o‘qitish, tarbiyalash va ularning individual xususiyatlarini rivojlantirish, futbol sohasida sport qobiliyatini shakllantirishga va eng to‘liq darajada amalga oshirishga ko‘maklashuvchi muhit yaratish, futbol bo‘yicha respublika jamoalari uchun munosib sportchilar tayyorlash;

- o‘quvchilarni kasb-hunarga barvaqt yo‘naltirish, keyinchalik kasb-hunar ta’limi dasturlarini o‘zlashtirishni ongli ravishda tanlash uchun asoslar yaratish.

O‘quv-tarbiya va o‘quv-trenirovka jarayonini tashkil etish

O‘quvchilarning sport mahoratini oshirish uchun futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internat tomonidan o‘quv yili mobaynida o‘quv-trenirovka yig‘inlari o‘tkaziladi.

O‘quvchilar o‘qish davrida o‘quv-trenirovka yig‘inlariga borgan taqdirda ularni o‘qitish yaqin atrofda joylashgan umumta’lim maktablari bazasida tashkil etiladi. Bunday o‘qishni tashkil etish uchun shart-sharoitlar mavjud bo‘lmaganda o‘quvchilar o‘qituvchilardan yig‘inlarda bo‘lishning butun davri uchun yakka tartibdagi topshiriqlar oladilar, qaytib kelishgandan keyin esa dasturning tegishli bo‘limlari bo‘yicha sinov imtihonlari topshiradilar.

O‘quv-trenirovka yig‘inlarini o‘tkazish davrida o‘quv-tarbiya jarayonini ta’minlash maqsadida ular o‘tkaziladigan joylarga futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internatning o‘qituvchilari va xodimlari yuborilishi mumkin.

Mashg‘ulotlarda muddat ham muhim

Bu turdagi muassasa ta’tillar davrida ham o‘quv-trenirovka yig‘inlari tashkil etadi, ushbu yig‘inlar yil davomidagi o‘quv-trenirovka jarayonida zarur bo‘g‘in hisoblanadi. Qishki ta’tillar davrida yig‘inlarning davom etish muddati 12 kunni, bahorgi ta’tillar davrida 7 kunni va yozgi ta’tillar davrida uzog‘i bilan 60 kunni tashkil qiladi.

O‘quvchilarning sifatli tanlanishini ta’minlash maqsadida futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internat hududida 24 kun davom etadigan imtihondan oldingi o‘quv-trenirovka yig‘inlari tashkil qilinadi. Nomzodlarni ko‘rikdan o‘tkazish va tanlab olish uchun futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internat rahbariyati trener va o‘qituvchilarni turli musobaqalarga yuboradi.

Maktabda qancha o‘quvchi o‘qishi kerak?

Futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda sinflardagi o‘quvchilar soni 25 nafardan kam va 30 nafardan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Sinflar soni ta’lim jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sanitariya normalari va qoidalariga bog‘liq holda belgilanadi.

Sog‘lig‘iga ko‘ra futbol maktabida o‘qishni davom ettira olmaydigan o‘quvchilar tegishli tibbiyot muassasalarining xulosalari asosida yashash joyidagi umumta’lim muassasalariga o‘tkaziladi.

Futbol maktabi o‘quvchilarini bosh-qa umumta’lim muassasalariga o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bitiruvchilarga umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma beriladi.

Ta’limda kimlar ishtirok etishi kerak?

O‘quvchilar, ota-onalar yoki ota-onalar o‘rnini bosuvchi shaxslar, trenerlar tarkibi, pedagoglar va tibbiyot xodimlari futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internat ta’lim jarayonining qatnashchilari hisoblanadilar.

Futbol maktablari o‘quvchilari bepul umumiy o‘rta ma’lumot olish, tibbiy xizmat bilan ta’minlanish, turli tadbirlarda (musobaqalar, turnirlar, konferensiyalar, olimpiadalar, ko‘rgazmalar va tanlovlarda) qatnashish huquqiga ega.

O‘quvchilarni individual psixologik-pedagogik jihatdan qo‘llab-quvvatlash maktab-internatning psixologik-pedagogik xizmati mutaxassislari tomonidan ta’minlanadi.

O‘quv-tarbiya jarayoniga ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari, futbol bo‘yicha respublika jamoalarining trenerlari va sportchilari belgilangan tartibda jalb etilishi mumkin.

Murabbiylar va dars soatlari

Pedagog kadrlarni ishga qabul qilish oliy pedagogik ma’lumotga va oliy yoki birinchi malaka toifasiga ega bo‘lgan shaxslardan tanlov asosida amalga oshiriladi. Trener-o‘qituvchilar uchun Osiyo futbol konfederasiyasining amaldagi «S» lisenziyasi mavjud bo‘lishi shart.

Pedagog xodimlarga o‘quv yuklamasi hajmi (pedagogik ishlar hajmi) o‘quv rejasi bo‘yicha soatlar miqdoridan, shuningdek kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Salomatlikni nazorat qilib borish

Maktab-internatda o‘quvchilar sog‘-lig‘ining holati uzluksiz kuzatib boriladi.

Maktab-internatning tibbiyot xodimi trenirovka mashg‘ulotlari, o‘quv-trenirovka yig‘inlari, musobaqalar va dam olish davrida o‘quvchilarni tibbiy nazorat qilishni trenerlar tarkibi bilan mustahkam aloqada amalga oshiradi.

O‘quvchilar har bir o‘quv yili va kalendar yil boshida barvaqt tashxis qo‘yish va kasallanishning oldini olish maqsadida dispanser ko‘rigidan (to‘liq tibbiy ko‘rikdan) o‘tkazilishi kerak. Rivojlanishida salbiy ko‘rsatkichlar aniqlangan taqdirda o‘quvchilar tibbiy komissiya tavsiyasiga ko‘ra o‘zlarining yashash joyidagi umumta’lim muassasasiga o‘tkaziladi.

Maktablarning moliyaviy ta’minoti

Futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internat faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar va homiylik mablag‘lari (beg‘araz yordam) va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

Futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internatga qo‘shimcha byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish byudjetdan moliyalashtirishning kamayishiga sabab bo‘lmaydi.

O‘quvchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bepul ovqat bilan ta’minlanadi.

Futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘zi ustavida qayd etilgan maqsadlarga muvofiq bo‘lgan doirada tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.

Ruxsat etilgan faoliyatdan tushgan daromadlar hisobiga sotib olingan mol-mulk futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internat balansida hisobga olinadigan mol-mulk tarkibiga qo‘shiladi.

Futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internat qonun hujjatlariga muvofiq ta’lim masalalari bo‘yicha xalqaro faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 01:10, 16.07.2017.
O'qildi: 8740 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.