Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

«Andijon» nazorat bahsida «Qo‘qon-1912» yoshlarini yengdi

«Andijon» nazorat bahsida «Qo‘qon-1912» yoshlarini yengdi

Baho:
+ | -

«Andijon» shanba kuni o‘z uyida navbatdagi sinov-nazorat bahsida maydonga tushdi.

Bosh murabbiy Usmon Toshev shu kuni davralar oralig‘ida jamoaga taklif etilgan yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkazib, ularning imkoniyatlarini ko‘zdan kechirdi. Bo‘ston dahasidagi «BO‘FM» maydonida «Qo‘qon-1912» (yoshlar) jamoasiga qarshi kechgan bahs anchagina qiziqarli va tomoshabop tarzda o‘tdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ammo har ikki jamoada ham gol urish uchun imkoniyatlar bo‘ldi. «Navbaxor» jamoasidan taklif etilgan darvozabon Akmal Ortiqov ayrim vaziyatlarda o‘zini ko‘rsatib, muqarrar gollardan qutqarib qolgan bo‘lsa, andijonliklarning keskin hujumlarini mehmon jamoa himoyachilari bir amallab yo‘qqa chiqarib turdi. Garchi uchrashuv o‘rtoqlik maqomida kechgan bo‘lsada, to‘p uchun kurashlarda futbolchilar bir-birlarini ortiqcha ayab o‘tirmadi. Darvoqe, derbini oliy liga hakamlari bo‘lmish - Temur To‘xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov boshqarib borishdi.

Ikkinchi taymda mahalliy muxlislar sevimli jamoasi «Andijon»dan gollar kutgandi. Vaziyatlarning birida qo‘qonliklarning jarima maydoni ichida yuzaga kelgan pala-partishlikdan iqtidorli hujumchi Firdavs Asadov unumli foydalanib, «burgutlar»ni hisobda oldinga olib chiqdi - 1:0.

Shundan so‘ng hisob yanada yirik ko‘rinish olishi mumkin edi. Afsuski Shahboz Jumaboyev penaltini amalga oshirgach, raqib posboni to‘pni qaytarishga erishdi. So‘ngra yana o‘sha Shahboz jamoadoshi tomonidan oshirib berilgan havodagi to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘lladi. Ammo mehmonlarni darvoza to‘sini goldan qutqarib qoldi. O‘yinning so‘nggi soniyalarida iste’dodli o‘yinchimiz Oybek Nurmatov ham chap qanotdan aldamchi xarakatlarini ishga solib, to‘pni o‘ng oyoqda to‘g‘ri darvozaga yo‘lladi. Bu safargi zarbadan keyin ham to‘p to‘singa tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Shu tariqa bahsda boshqa gol qasd etilmadi va «Andijon» navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida g‘alaba qozondi. Muxlislar esa o‘z uylariga xursand xolda qaytib ketdi.

Bunday deyishimizning boisi ular g‘alabadan emas balki, deyarli yangitdan tashkil etilayotgan tarkibning o‘yin uslubi borligidir. Umid qilamizki, futbolchilar kelgusida yanada hujumkor tarzda o‘ynab, ishqibozlarni ijobiy natijalar bilan quvontiradi. Shu o‘rinda «Qo‘qon-1912» yoshlar jamoasi ham ko‘pchilikda iliq taassurot qoldirganini a’lohida ta’kidlash lozim.

15/07/2017
NAZORAT O‘YINI
«ANDIJON» - «QO‘QON-1912» 1:0.
Gol: Firdavs Asadov
Bo‘ston. «BO‘FM» stadioni.
Hakamlar: Temur To‘xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov.

«ANDIJON»: Akmal Ortiqov, Ravshan Aslanov, Hamza Karimov, Siroj Hamroyev, Abdulaziz Yoqubov, Otabek Valijonov, Farhod Bekmuratov, Ibrohim Otaxonov, Akmal Xolmatov, Anvar Berdiyev, Firdavs Asadov.
ZAXIRADAN TUSHGANLAR: Eldor Isaboyev, Furqat Hasanboyev, Rafik Karimov, Jahongir Mahsudov, Shahboz Jumaboyev, Alisher Abduvohidov, Maqsud Mahmudov, Qahramon Mahamadjonov, Oybek Nurmatov.

 

Manba: fcandijon.uz
Kiritildi: 10:33, 16.07.2017.
O'qildi: 3778 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.